Kartoshka dunyodagi ko'plab xalqlarning sevimli sabzavotlaridan biri bo'lib, shuningdek uni, supermarket yoki oziq-ovqat do'konida osongina topish mumkin. Ammo mutaxassislarning ta'kidlashicha, ko'pchiligimiz sabzavotlarni tezroq buzilishiga sabab ularni saqlash qoidasiga amal qilmasligimizdadir. Agar kartoshka ba'zi mevalarni yonida saqlansa, u tezgiga buzila boshlaydi. Kartoshka yonida qaysi oziq-ovqatlar va mevalarni saqlamaslik kerakligini va ularni qanday qilib uzoqroq saqlash kerakligini bilib oling.
Kartoshkani hech qachon olmaning yonida saqlamang.
Agar siz kartoshkangiz uzoq vaqt taom uchun yaroqli holda bo'lishini istasangiz, uni hech qachon yaqin joyda saqlamasligingiz kerak bo'lgan meva bu olmadir. "Harvest to Table" bog'dorchilik sayti ma'lumotlariga ko'ra, olma yuqori darajada etilen gazini chiqaradi, bu esa kartoshkaning erta buzilishiga olib keladi.
Kartoshka uzoq vaqt yaroqli holda turishini istasangiz uni qorong'u va salqin xonada boshqa meva va sabzavotlardan uzoqda saqlang
Meva va sabzavot yashigi olma saqlash uchun eng yaxshi joy eng yaxshi joy bo'lsa, kartoshka esa bunday muhitda qurib qolishi ma'lum. Buning o'rniga, siz kartoshkani salqin, qorong'i, shamollatiladigan joyda, masalan, javon, omborxonalarga saqlashingiz kerak.
Yomon bo'lib qolgan kartoshka yashil rangga aylana boshlaydi yoki solanin toksini mavjudligi sababli achchiq, zaharli hidni chiqaradi. Bundan tashqari, u kichrayishi yoki yumshoqroq bo'lib qolishi mumkin, bularning barchasi kartoshkani qarishi belgilaridir. Agar siz ushbu buzilish belgilaridan birini sezsangiz, darhol kartoshkani tashlab yuboring.
Olma etilen gazini ishlab chiqaradigan yagona meva emas.
Olma yuqori darajada etilen gazini chiqarsa-da, bu ta'sirga ega bo'lgan yagona meva emas. O‘rik, avakado, banan, qovun, mango, piyoz, shaftoli, nok, banan, olxo‘ri va pomidorlarni boshqa meva va sabzavotlardan alohida saqlash lozim. Sababi, ular o'z yonidagi meva va sabzavotlarni tez pishib, buzilishiga sabab bo'ladilar.
Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi: www.bestlifeonline.com
Comments