Muhammad Ali haqida 13 ta fakt

1. Kassius Marsel Kley to’ng’ichning va Odessa Greydi Kleyning o’g’li yoshligida Kassius Kley, keyinroq esa Muhammad Ali ismini olgan. 1942 yilning 17 yanvarida AQSHning Kentukki shtati Luisvilda tug’ilgan. U nafaqat amerikalik professional bokschi sifatida, balki filantrop artist va faolligi bilan ham tanilgan. Taniqli bokschi sifatida tanilgandan so’ng, “Buyuk” tahallusini olgan. 

Muhammad Ali
Foto: abcnews.go.com

2. Uning onasi uy hizmatchisi bo’lib, otasi esa reklama rasmlarini chizish bilan shug’ullangan. Dinining yo’nalishi boshqa bo’lishiga qaramay to’ng’ich Kassius hotiniga kichik Kassius va uning ukasi Rudolf Kleylarni baptist baptist tarbiyalashiga qarshi bo’lmagan. Kassius Kley disleksiyadan azob chekkan. O’sha vaqtda u Luisvilning markaziy o’rta maktabida o’qib yurgan. 

3. Sog’lig’ining holati tufayli Kassius maktabda o’qish va yozish va boshqa ko’pgina narsalardan umrining ohirigacha azob chekkan. Kassius va uning oilasi irqiy kamsitishlar sharoitida katta bo’lishgan. Hattoki, bir kuni do’kon sotuvchisi Kassiusning terisining rangi tufayli unga ichimlik sotishdan bosh tortgan. 

4. U boks bilan tasodifan 12 yoshida shug’ullanishni boshlagan. Kassiusning velosipedi o’g’irlangandan so’ng, u Jo Martin ismli politsiyachiga jinoyatchini ta’zirini berib qo’yishini yig’lab so’ragan. Ofitser esa yigitga kurashishni o’rganishni maslahat bergan va uni qanotining ostiga olgan.

5. 1964 yilda Kassius o’z ismini Muhammad Aliga Nation of Islamga a’zo bo’lganidan so’ng o’zgartiradi. Keyin esa hizmat burchini o’tashni rad etadi va barchaga armiyaga bormaganining sababi uning dinida ekanligini aytadi. Buning natijasida uning super og’ir vaznda unvoni bekor qilinadi va boks bilan shug’ullanishiga 3 yil taqiq qo’yiladi. 

6. Ali 4 marta uylangan bo’lib, jami uning 7 qizlari va 2 o’g’illari bor. Uning so’ngi ayoli Iolanda Uilyams (1986 yilda tug’ilgan) sanaladi.  

7. Muhammad Ali faqat bokschi bo’lmagan. U adolat va tinchlik, tenglik uchun kuraschi ham bo’lgan. Uning hayoti ko’pgina insonlar uchun namuna sifatida ko’riladi. Bundan tashqari u o’z xatosini tez tan olib, bizga kamtar bo’lish kerakligi haqida eslatib turgan. 

8. Ali yetakchi harakteriga ega bo’lgan. U ishlab, o’zining prinsiplariga, maqsadlariga, qadrliyatariga va e’tiqodiga sodiq qolgan edi. Uning hayot yo’li qiymatlarga asoslangan edi. U Vyetnamga jang qilishga borishdan bosh tortib, o’zining temir harakteriga sodiq qolgan edi.   

9. Ali Iroq lideri Saddam Husayn bilan 1990 yilda uchrashganini ko’pchilik bilmasa ham kerak. Uchrashuvning maqsadi AQSHlik garovdagilarni ozod etish bo’lgan. 

10. 1996 yilda bo’lib o’tgan Yozgi Olimpiada o’yinlarida Muhham Aliga Olimpia qozonini yoqish sharafi berilgan. BBC Alini 1999 yilda “Asr sport shaxsi” deb tan olgan.

Muhammad Ali
Foto: https://www.flickr.com/photos/alimannan/

11. Boylik va mashhurlikka qaramasdan qahramonimiz kamtar, dindor va og’ir inson sifatlariga ega bo’lib qolgan. U kerakli ishga pur ehson qilishda yetakchilardan sanalgan. Aynan mana shu fakt uning qanday harakterga ega inson bo’lganligini bizga eslatib turadi. 

12. Ali ehtirosli boksyor bo’lishiga qaramasdan uning qizlari bu sport bilan shug’ullanishlarini istamagan. Lekin, u o’ylagandek bo’lib chiqmadi. Uning qizi Laylo Ali 24 ta jang o’tkazib, (1999-2007) hech qaysi janda mag’lub bo’lmagan. 

13. Muhammad Ali alkogol ichimliklar va sigaret chekish odatlari yo’qligidan faxrlangan. U boks kechasida g’oliblikni kiritgandan so’ng boshqa bokschilardan ayri o’laroq, o’z g’alabasini oila davrasida apelsin sharbatini ichib nishonlashni odat qilgan. Muhammad Alining bu gaplari bizni ta’sirlantirmasdan qolmaydi: “Men chekmaymay, lekin mening kistamda doim gugurt qutisi bo’ladi. Qachonki qalbim biror bir gunoh ish tomon to’xtasa, men shu gugurtni yoqib, uni kaftimga qo’yaman va o’zimga o’zim “Ali, sen shu bir gugurt cho’pining oloviga chiday olmayapsan, do’zax oloviga qanday chidaysan?” deb aytaman”.  

Muhammad Ali
Foto: https://www.theislamicmonthly.com/the-orlando-massacre-and-death-of-muhammad-ali/

Video: 

{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/PLKWyGk5ZrzYSAuJZFc6quRYKbSiYlD-CT.jpg?itok=xkq8ylPm","video_url":"https://www.youtube.com/watch?v=bcxiXObMJ9I&list=PLKWyGk5ZrzYSAuJZFc6quRYKbSiYlD-CT","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}

Comments