Kubik Rubik haqida hozirgi kunda eshitmagan inson juda ham kam topilsa kerak. Ko'pchilik bu jumboqli o'yinchoqdan o'zining ko'nikmalari, diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun foydalanib keladi. Keling, Rubik kubigi yoki kubik rubik haqidagi eng qiziqarli faktlarni ko'rib chiqamiz.
#1. Dastlab kubik rubik "Sehrli kub" deb nomlangan.
Rubik kubi birinchi marta 1974 yilda sotuvga chiqarilganda, u venger tilida "Sehrli kub" yoki "Bűvös Kocka" deb atalgan. Vengriyadagi xalqaro patent muammolarini bartaraf etish uchun ushbu jumboqning huquqlarini sotib olgan Ideal Toy korporatsiyasi 1980 yilda uning nomini "Rubik kubi" ga o'zgartiradi.
#2. Kubik rubik Erne Rubik tomonidan yaratilgan
Rubikning Kubigi yoki Kubik Rubik 1974 yilda arxitektura professori Erne Rubik (Vengriya) Budapeshtda yaratilgan. Bu uning “imkonsiz obyekt” ni qurish maqsadida izlanishlari natijasi bo’ib, mazkur “imkonsiz obyekt” ni Erne o’zining o’quvchilarini qiziqtirish maqsadida yaratgan. Kashfiyotni yaratishi bilan uning muallifi 3 oydan so’nggina uni yechishga muvaffaq bo’lgan! Ilk kubiklar Bűvös Kocka («Mo’jizaviy kubiklar») degan nom bilan sotuvga chiqib, hozirgi kubiklardan 2 barobar og’irroq bo’lgan. 1980 yildan buyon tahminan 400 million kubik rubiklar sotilgan.
#3. Kubik rubikni tezkor yig'ish musobaqasi
1982-yilda odamlar kubik boshqotirmasini tezlikda yechish tadbirlarida raqobatlasha boshladilar. Birinchi jahon chempionati Budapeshtda bo‘lib o‘tadi va unda 22,95 soniya tezlikda amerikalik Min Thai g‘olib bo‘ladi.
#4. Eng qimmat kubik rubik
Masterpiece Cube 1995 yilda ushbu ajoyib boshqotirmaning 15 yilligi munosabati bilan yaratilgan. U Fred Cueller tomonidan Diamond Cutters International bilan birgalikda yaratilgan va qiymati 2,5 million AQSh dollariga tengdir.
#5. Birinchi qo'llanmani 13 yoshli bola yaratgan.
Rubik kubi chiqarilishining dastlabki kunlarida 13 yoshli Patrik Bossert 1981 yilda "Kubikni qila olasiz" nomli qo'llanmani nashr etadi va ushbu qo'llanma 1,5 million nusxada sotiladi.
#6. Kubik Rubik bu tarixdagi eng ko'p sotilgan o'yinchoqdir
Rubik kubigi 2015 yilda Walmartda (AQSh supermarketlar tizimi) chakana savdosi 111 million dollardan ko'proq bo'lgan eng ko'p sotilgan o'yinchoq bo'lgan! 2014-yil may oyida, Rubik kubining 40 yilligi munosabati bilan Google kompaniyasi hatto interaktiv 3D kub bilan o‘ynash mumkin bo‘lgan Google Doodle’ni namoyish etadi.
Comments