Kitob o'qishni sevuvchilar oramizda ko'p. Lekin, hech o'ylab ko'rganmisiz, qo'lingizda olib yuradigan kitobingiz haqida dunyoda qanchadan - qancha qiziqarli faktlar mavjud? Sizlarga bu ajoyib bilim manbalari haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
Boshqalar o'qishmoqda: Inson tanasi haqidagi eng g'alati 16 ta fakt
# 95% insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.
# Kitoblar sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqat 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
# Aksariyat kitoblarning 18-betidayoq unga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.
# Dunyoda eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Baliq tutish va ov haqidagi ikki dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20000 baytdan iborat.
# Eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
Boshqalar o'qishmoqda: Nimaga insonlar yigʻlashadi?
# Dunyoning eng qadimgi kitobi esa Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
# Qadimda kitoblar juda qimmat bo‘lgan. XVIII asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. Kitob kam va qimmat bo‘lsa-da, uni o‘qishga qiziqish kuchli bo‘lgan.
# Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, Kitob. deyish qabul qilingan.
# Kitobning paydo boʻlish tarixi yozuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan uzviy bogʻliq. Yozuvning toʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr almashganlar. Har bir kitob oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan.
Boshqalar o'qishmoqda: Ramazonda eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar
# Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib olar ekanlar.
# Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kollektsiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kollektsiyasidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir bahya qolgan.
# Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘yshib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.
# Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hammon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
# Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir.
# Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994 yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auktsionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
# Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
# Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat. Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi.
# Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738 yili 10000 dollar oltinga auktsionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
# Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo’lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo’lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.
# «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz o’qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.
# Xorvard kutubxonasida to’rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.
# Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo’lgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.
# Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.
# Ko’pchilik kitobsevarlar o’zi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi so’nib, o’qishni to’xtatishadi.
# Eng koʻp sotilgan kitob — “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSh kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan.
Ma'lumotlar manbalardan foydalanib tayyorlandi:
Comments