Chumchuqlar haqida qiziqarli ma'lumotlar

# Chumchuqlar ko‘chmanchi qushlar emas. Ular juda kichkina bo‘lishiga qaramay, sovuqdan qo‘rqmaydilar. Eng qahraton sovuq kunlarda ham chumchuqlar qor bilan qoplangan daraxtlarga qo'nib o‘tirishadi.

Boshqalar o'qimoqda: Qaldirg'ochlar haqida faktlar

# Chumchuqlar o‘z polaponlarini faqat hasharotlar bilan boqadilar. Ularning  o‘zlari ham hasharotlarni iste’mol qilishni yoqtiradilar. Aynan bahorda chumchuqlarning foydasi ko‘proq seziladi – bir juft chumchuq oilasi bir oyda bog‘u-rog‘larga  zararkunandalik qilayotgan hasharotlardan 3 kilogrammgacha yeyishi mumkin!

Boshqalar o'qimoqda: Bulbul haqida qiziqarli faktlar

# Chumchuqlar ko‘lmaklarda cho'milishganda, bu ob-havoninn o‘zgarishining  belgisi hisoblanadi. Quyosh yorug‘ligida ancha qizib qolgan ko‘lmaklardagi suzuvchi chumchuqlar nafaqat bir-birlari bilan hazillashadilar, balki ular havo o‘zgarishini ham his qiladilar. Agar chumchuqlar suvda cho'milsalar – quyoshli kun bo‘ladi, lekin agar qurg‘oqchilikni his qilishsa, suvda emas, qum yoki changda cho'milishadi.

Boshqalar o'qimoqda: Kabutarlar haqida ajoyib faktlar

# Xitoyda chumchuqlarning yo‘q bo‘lib ketishi katta fojeaga olib kelgan. 20-asrning o‘rtasida Xitoyda hosilni asrash uchun chumchuqlar to‘liq yo‘q qilib yuborilgan. Bu “Katta Xitoy ochligi”ga olib kelgan: chunki chumchuqlar yo‘q bo‘lganidan keyin hasharotlar – qurtlar va xato-shilliqurtlarning soni ko‘payib ketgan. Ular barcha donlarni yo‘q qilib yuborishgan. Natijada 1959-1961 yillarda 16 dan 45 milliongacha odam ochlikdan halok bo‘lgan. Bu insoniyat tarixidagi eng yirik ocharchilik bo‘lgan. Shuning uchun xitoyliklar yana qo‘shni mamlakatlardan chumchuq sotib olib, ularni qayta ko‘paytirishgan. Bugungi kunda Xitoyda chumchuqlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishadi!

Davomi bor...

Manba

Surat manba

Comments