1. Ozarbayjon – «Olov yig‘uvchi» degan ma’noni bildiradi.
2. Armaniston – armanlar urug‘i asoschisi Armanik nomidan olingan.
3. Afg‘oniston – afgonlarning afsonaviy bobokaloni Afg‘on nomidan olingan.
Dunyo mamlakatlari mustaqillik kunlari
4. Bangladesh – bengalcha «Bengallar mamlakati»
5. Bahrayn – arabcha «dengiz»
6. Bruney – arabcha «Dunyo hukmdori»
7. Butan – tibetcha «Tibet atroflari»
8. Vyetnam – «sharqiy vyetlar mamlakati»
9. Gruziya – Sakartvello (kartvellar - gruzinlar) ma’nosidir.
10. Indoneziya – «orolli Hindiston»
11. Iordaniya – Iordan daryosi nomidan olingan.
12. Iroq – arabcha «qirg‘oq yoki quyi yer»
13. Isroil – isroil xalqi nomidan olingan.
14. Kambodja – Kambu urug‘i asoschisi nomidan olingan.
15. Qatar – Qadimgi Qadaru qishlog‘i nomidan olingan.
Amir Temur haqida qiziqarli 10 ta fakt
16. Kipr – yunoncha «kiparis» so‘zidan olingan.
17. Qirg‘iziston – qirg‘iz xalqi nomidan olingan.
18. Qozog‘iston – qozoq xalqi nomidan olingan.
19. Koreya – X-XIV asrlarda qo‘llangan etnonim.
20. Quvayt – arabcha «shahar, qal’a»
21. Laos – laos xalqi nomidan olingan.
22. Livan – «Livan tog‘i», ya’ni semit tilida «oq» degan ma’noni anglatadi.
23. Malayziya – malayya xalqi nomidan olingan.
24. Maldiv – sanskritcha «orol» degani.
25. Mo‘g‘uliston – mo‘g‘ul xalqi nomidan olingan.
26. Myanma – birma tilida «Oltin ibodatxonalar mamlakati»
27. Nepal – sanskritcha «tog‘ etagidagi manzilgoh»
28. Pokiston – urducha «pok mamlakat»
29. Saudiya Arabistoni – saudiylar sulolasi nomidan olingan.
30. Singapur – sanskrticha «Sher shahar» degani.
31. Suriya – Ossuriya mamlakati nomidan olingan.
32. Tailand – tan xalqi nomidan olingan.
33. Tayvan – xitoycha «ko‘rfaz yo‘li»
34. Tojikiston – tojik xalqi nomidan olingan.
35. Turkiya – turk xalqi nomidan olingan.
36. Turkmaniston – turkman xalqi nomidan olingan.
37. O‘zbekiston – o‘zbek xalqi nomidan olingan.
38. Ummon – shahar asoschisi Ummon ibn Ibrohim nomidan olingan.
39. Filippin – Ispaniya qiroli Filipp II nomiga qo‘yilgan.
40. Hindiston – Hind daryosi nomidan olingan.
41. Xitoy – mo‘g‘ullar qabilasi «kidanlar» nomidan olingan.
42. Shri-Lanka – sanskritcha «shon-sharafli yer» degani.
43. Eron – oriylar qabilasi nomidan olingan. «Oliyjanob» ma’nosini bildiradi.
44. Yaman – arabchadan «o‘ngda, Makkadan o‘ngda» degani.
45. Yaponiya – qadimgi yapon tilidan «Tog‘ mamlakati odamlari», to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Quyoshning ildizi» ma’nosini bildiradi.
Комментарии