Tarixiy faktlar. Dunyo yaralibdiki, inson umri tarixga aylanib bormoqda. Quyida siz uchun ajoyib tarixiy ma'lumotlarni taqdim etamiz.
Nimaga qo'llarimiz uyushib, tortishib qoladi?
Odamlar Eramizdan avvalgi 12000 yillikda birinchi marta yovvoyi hayvonni xonakilashtirishgan.
Eng koʻp ranglarni oʻzida mujassam etgan davlat bayrogʻi aynan Belizniki(1981) va u 12 ta rangni oʻz ichiga oladi.
Birinchi mobil telefon qoʻngʻirog'i 1973-yil 3-aprelda Nyu Yorkda chalingan.
Lui Brayl - koʻzi ojizlarga dunyoni ato etgan kichkina daho. Atigi 15 yoshida, 1824-yilda u ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar uchun brayl shriftini ishlab chiqdi va bu shrift uning nomi bilan ataladi. Bugungi kunda shrift butun dunyoda qo'llaniladi. Braylning o'zi ham bolaligida ko'rish qobiliyatini yo'qotgan edi.
Biologiya haqida qiziqarli faktlar
Qadimgi Misrda mushuk soʻzi ,,mewʼʼ yoki ,,miyovʼʼ deb talaffuz qilingan.
Amerika inqilobi (1765-1783) Fransiya inqilobidan (1789-1799) oldin sodir boʻlgan.
Angliya -Zanzibar urushi (1896) dunyodagi eng qisqa urush boʻlib u 38 daqiqa davom etgan.
Axborot almashishda inqilob qilgan bosmaxona 1440-yilda Gutenburg tomonidan ixtiro qilingan.
Tarixdagi eng yirik quruqlikdagi qoʻshin Moʻgʻullar imperiyasidir.
Maktab haqida faktlar
Misr dunyodagi eng qadimgi davlat boʻlib, mil.avv 3100- yillarda tashkil topgan .
Tim Berners-Li 1990-yilda birinchi veb brauzer (World Wide Web ) ni yaratdi.
Suv ostida qancha oltin bo’lishi mumkin? Taxlilchilarning fikriga ko’ra, dunyo bo’ylab okean va dengiz ostida 30 tonnaga yaqin oltin va xazina yotibti.
Dunyoda ayni damda 160 million yetim bolalar bor. Bu tarix bo'yicha eng katta natija!
Eng qimmat film bugungi kunga qadar "Titanik" filmi hisoblanadi, unga 200 million dollar sarflangan. Shunday boʻlishiga qaramasdan bu film allaqachon oʻzining sarflangan xarajatlarini bir necha barobar oqlagan!
Nimaga milliarder Bill Geyts qamoqqa tushgan?
1975 yilda Bill Geyts Microsoftga asos solib, bu butun dunyoga katta ta’sir ko’rsatdi. Geyts sayyoradagi eng boy va eng obro’li odamlardan biri bo'libgina qolmay, bolaligida shumliklari bilan ham tanilgan. "Aqlli yigit” Bill yoshligida bir nechta xakerlik hujumlarini amalga oshirganligi, tezlikni oshirganligi va yo’l belgilariga ahamiyat bermagani uchun ikki marta hibsga olingan.
1872 yili Italiyada qizlarga 12 yoshdan turmushga chiqish huquqi berildi. Bunga qadar qizlar 12 yoshga yetmasdan turib ham turmushga chiqa olishardi.
Video:
{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/TyStn204BTE.jpg?itok=8lc1SPFn","video_url":"https://youtu.be/TyStn204BTE","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}
Asrorova Sevinch tayyorladi
Comments