— Qo'llarimiz sezgirligini ta'minlab beruvchi nervlarda qon aylanish tizimining vaqtinchalik yomonlashishi sababli ushbu holat yuzaga keladi. Vaqtinchalik uyushish va tortishish qo'lingizni boshingiz ostiga qo'yib uhlab qolsangiz, kompyuter oldida uzoq vaqt o'tirib qolganingizda kuzatilishi mumkin. Bundan halos bo'lish uchun oyoq-qo'lni cho'zish va massaj qilish kifoya.
Nimaga nokni har kuni yeb turish kerak?
— Ammo surunkali uyushish ham mavjud. Bu holat vaqtinchalik uyushishga qaraganda kamroq uchraydi, uzoqroq davom etadi va hatto qo'l-oyoq cho'zilsa yoki massaj qilinsa ham yo'qolmaydi. Ushbu alomatni nervlarning shikastlanishi yoki qisilishi, qo'lning sinishi yoki karpal tunnel sindromi kasalliklari bilan bog'lash mumkin.
Nimaga ko‘z uchadi?
— 60 yoshdan oshgan odamlarda qo'llar va oyoqlardagi uyushish servikal spondiloz bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu holat normal qarish jarayonining bir qismidir.
Nimaga insonlar yigʻlashadi?
Comments