1) Indoneziya dunyodagi eng yirik orol mamlakatdir, u 17508 ta orolda joylashgan, shundan 6000 tasida insonlar yashaydi, qolgan orollar esa kimsasizdir.
Diqqat savol: Bu davlatda 900 dan ortiq daryolar oqadi va bu davlat O'zbekiston yaqinida joylashgan. Bu qaysi davlat? Javobini bilish
2) Indoneziya dunyodagi eng yirik islom mamlakatidir, uning aholisining 88% musulmonlar hisoblanib ular 200 milliondan ortiqroqdir. (Aholisining musulmonlar soni bo'yicha Hindiston birinchilikni egallaydi, lekin Hindiston islomiy davlat hisoblanmaydi).

3) Indoneziya so‘zining ma’nosi "Suvdagi Hindiston" deganidir.
4) Indoneziya hududida 150 dan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud.
5) Indoneziyaning Sumatra orolida dunyodagi eng yirik vulqon ko‘li bor. Ko‘lning nomi Toba bo‘lib, uning chuqurligi 500 metrgacha boradi, maydoni esa 1145 km. kv.
Nega nokni har kuni yeb turish kerakligini bilasizmi? Bilib oling!
6) Indoneziya o‘simlik va hayvonot dunyosiga nihoyatda boy va u yer shari quruqligining bor yo‘g‘i 1,3 % ni tashkil qilsada, 17 % flora va faunasini o‘z ichiga olgan. Bu masalada u faqat Braziliyadan keyin turadi holos.
7) Indoneziyaning 60 % hududi yam-yashil o‘rmonlar bilan qoplangan.
8) Indoneziya aholisi tahminan 720 ta tilda gaplashsada uning davlat tili Baxasa deb ataladi.
9) Indoneziya kokos, palma yog‘i va atirgul yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
10) Indoneziya garchand islom davlati hisoblansada, lekin unda buddaviylarning qadamjolari bor. Ayniqsa Borobodur va Prambanan ibodatxonalari dunyoga mashhurdir.
11) Indoneziyaning Yava oroli aholi eng zich joylashgan hudud xisoblansa yana bir ahamiyatli tarafi orol yiliga 10 sm. ga suvga g‘arq bo‘lib bormoqda.
12) Indoneziyada g‘aroyib tovuq turi Ayam Syemani bor. Bu tovuq qop-qora rangda, uning nafaqat tuxumlari, balki suyaklari ham qora rangdaligi hayratlanarlidir.

13) Borneo oroli uchta mamlakatga tegishli bular Indoneziyadan tashqari Malayziya va Bruneydirga tegishlidir.
14) Indoneziya tarixi juda qiziqarlidir. Uni juda ko‘p mustamlakachilar bosib olgan, ulardan so'nggisi Niderlandiya bo‘lgan.
15) Indoneziya juda ko‘p yeryong‘oq yetishtiradi, bu yerdagi eng ko‘p iste’mol qilinadigan taom bu "nasi-goreng "degan taom bo‘lib u guruch va tovuq go‘shtidan tayyorlanadi. Shuningdek "Tofu" degan yemagi ham bo‘lib pishloq va soyadan tayyorlanadi.

16) Indoneziyada ilonlar, o‘rgimchaklar va ayniqsa kalamushlar juda ko‘p.
Marokash haqida qiziqarli faktlar
17) Indoneziya havosi orollarda musaffo. Bali oroli dunyo miqyosidagi kurort hisoblanadi, biroq yirik shaharlari ayniqsa Jakartaning havosi juda iflos.
18) Asosiy transport turi Indoneziyada motosikllar hisoblanadi, lekin yaponiya va koreya avtomobillari ham bu yerda juda ko‘p.
19) Indoneziyada dunyodagi eng katta echkiemar Komod echeiemari vatanidir.

20) 1942 yilgacha Indoneziya Botaviya deb yuritilgan.
Comments