#1. Tanangizni holatini o'zgartiring
Agar chalqancha uxlash sizning afzal ko'rgan uyqu usulingiz bo'lsa, bu qulaylikka boshqa yo'nalishda yotish orqali ham erishishingiz mumkin. Yuzingizni yuqoriga qarab uhlayotganingizda, tilingizning pastki qismini tomoqning orqa tomoniga qarab bo'shashishadi va hurrak otishga sabab bo'ladi. Chalqancha uxlashdan qutulishning g'alati bir usuli bor. Bunda tennis to'plarini orqangizga o'rashdir. Uxlayotgan odam yuzini yo'qoriga qarata olmaydi va yoniga qarab yotishga majbur bo'ladi.
#2. Tanangizdagi ortiqcha og'irlikni kamaytiring
Nimaga havo isib bormoqda?
Tanangizdagi ortiqcha og'irlik sizning hurrak otishingizga sabab bo'lmasligi mumkin. Ammo, agar siz odatda hurrak otmagan bo'lsangiz-u, keyinroq vazn yig'gan bo'lsangiz, hurrak odatini ortirib olishingiz mumkin. Tanadagi vaznni ortishi tufayli, bo'yin atrofida ham ortiqcha yog'lar ko'payadi, bu esa uhlayotganingizda tomoqqa og'irlik tushiradi va hurrak otishga sabab bo'ladi. Shuning uchun qo'ldan kelgancha, vaznni yengillikda ushlab turishga harakat qiling.
#3. Mast qiluvchi ichimlik o'rniga ko'proq suv iching.
Qizig'i shundaki, bo'shashgan bo'yin mushaklari hurrakni keltirib chiqaradi. Spirtli ichimliklar yoki mushaklaringizni keskin bo'shashishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida sizda hurrak otish ehtimolini oshiradi. Ayniqsa, yotishdan keyin 4-5 soat ichida spirtli ichimlik ichsangiz, garchi sizning hurrak otish odatingiz bo'lmasada, uni otish ehtimoli ortadi. Bundan tashqari, uhlashdan oldin issiq dsh qabul qilishning foydasi katta. Dush qabul qilganingizdan so'ng, tomog'ingizdagi shilimshiq bo'shashadi va hurrak ehtimolini kamaytiradi.
#4. Burningizni tozalang.
Ba'zan inson hurrak otishiga sabab bo'ladigan omil, bu uning to'lib turgan burnidir. Burningiz orqali bemalol havo chiqarishingiz uchun bir nechta usullar bor: Issiq dush qabul qilishni biz yuqorida eslatib o'tdik. Uhlashdan avval burinni sho'r suv bilan chayqash ham yaxshigina yordam bo'la oladi. Yana siz turli burun kanallarini tozalovchi spreylardan ham foydalanishingiz mumkin.
Nimaga koʻngil ayniydi?
#5. Yangi yostiq oling.
Ha, bu maslahat siz uchun g'alati tuyulishi mumkin, lekin yaxshilab o'qib chiqing! Agar yostig'ingiz eski bo'lsa, hatto yostiq jildini yuvgan bo'lsangiz ham, unda sizni hurrak otishingizga sabab bo'ladigan allergenlar bo'lishi mumkin. Yana xonangizdagi changlar ham ovoz chiqarib uhlashingizga sabab bo'lishi mumkin. Chang va allergenlarga to'lgan yostiqni har 6 oyda yangisiga almashtirish maslahat beriladi.
#6. Yaxshi uhlash qoidalariga amal qiling.
Xulosa qilib aytganda, yotishdan oldin spirtli ichimliklarni iste'moq qilishdan o'zingizni tiying. To'shakka yotishdan oldin bug'li dush qabul qiling va uxlash holatini o'zgartirishga harakat qiling. Bundan tashqari kam uhlashlik nafaqat hurrak otish balki kundalik faol hayotingiz uchun ham zararli odatdir.
Nimaga issiqda ham issiq choy ichamiz?
Comments