Hayratlanarli texnologiya faktlari

#1. Firefox logotipi aslida tulki emas.

tulki

Brauzerning nomi Firefox bo'lgani uchun logotip tulki bo'lishi kerak degan noto'g'ri tushuncha mavjud. Ajablanarlisi shundaki, logotipdagi chiroyli tukli jonzot aslida qizil panda!

Eng chuqur ko’l

#2. Birinchi Apple logotipi aslida boshqacha bo'lgan. 

apple kompaniyasi

Dastlab, unda Isaak Nyuton daraxt tagida o‘tirgani, boshiga olma tushmoqchi bo‘lganligi tasvirlangan. Mazkur logotip 1976 yilda ishlab chiqilgan. 

#3. "Robot" so'zi salbiy tarixga ega 

robotlar

Agar siz "robot" so'zining etimologiyasiga qarasangiz, u chexcha "robota" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, majburiy mehnat yoki mehnat degan ma'noni anglatadi.

Bu so‘z birinchi marta 1920-yilda spektakldagi xayoliy gumanoidga nisbatan ishlatilgan.

TikTok yulduzi Xabi Leym (Khabi Lame) haqida 10 ta fakt!

#4. Birinchi video kamera pianino o'lchamiga ega bo'lgan

video kamera

1956-yilda birinchi videokamera ishlab chiqarilganda, u pianino o‘lchamiga teng bo'lgan. 

#5. Samsung Apple’dan 38 yoshu 1 oy katta.

samsung

Samsung oziq-ovqat do'koni sifatida 1938 yil 1 martda Li Byung-Chull tomonidan tashkil etilgan. Apple asoschilari Stiv Jobs va Stiv Voznyak 1976 yil 1 aprelda bu kompaniyani ishga tushirishadi. 

#6. Birinchi kompyuter sichqonchasi plastikdan yasalmagan.

sichqoncha

1964 yilda Doug Engelbart birinchi kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi! O'sha paytda u yog'ochdan yasalgan edi. Mazkur sichqoncah to'rtburchak shaklida bo'lgan va yuqori o'ng tomonda kichik tugma mavjud bo'lgan. Daug o'zi kash qilgan qurilmani sichqoncha deb atashiga sabab uning kashfiyoti unga mayda kemiruvchilarni eslatgan. 

#7. Aksariyat odamlar USB "fleshka"ni noto'g'ri ulashadi.

fleshka

86% odamlar USB qurilmalarini teskari ulashga harakat qilishadi.

#8. Skanerlangan ilk mahsulot bir "pachka" saqich bo'lgan.

saqich

Norman Jozef Vudlend shtrix-kodni ixtiro qiladi va 1952 yil oktyabrida o'z ixtirosiga patent oladi. Faqat 22 yil o'tgach, u IBM da ishlayotganida mahsulotlarni shtrix-kod orqali skanerlash ishlatila boshlangan. 

TikTok haqida top 10 faktlar

#9. Ko'zi ojiz odamlar uchun maxsus mobil telefonlar mavjud

brayl telefon

Ko'zi ojizlar uchun mobil telefonlardan foydalanish uchun telefon yuzasida maxsus Brayl alifbosi va aksessuarlar mavjud.

#10. Har oy 6000 dan ortiq yangi kompyuter viruslari yaratiladi va tarqatiladi.

kompyuter virusi

Bu raqam 1990 yildan beri keskin o'sdi, o'sha paytda faqat 50 ta kompyuter virusi ma'lum bo'lgan. Bugungi kunda elektron pochta xabarlarining 90 foizi zararli dasturlarning bir turini o'z ichiga oladi va ko'pchilik bu haqda bilishmaydi ham.

Youtubening Top eng ko’p pul ishlaydigan yulduzlar 9 taligi

Ma'lumotlar tarjima qilindi va tahrirlandi. 

Manba: www.thefactsite.com

 

Comments