Youtubening Top eng ko’p pul ishlaydigan yulduzlar 9 taligi

Har yili Forbes bizga sayyoramizning eng boy va eng muvaffaqiyatli odamlari haqida habar berib keladi. Ishbilarmonlar va futbolchilar ichida Top yulduzlar haqida ko’pchilik ma’lumotga ega lekin YouTubeda quyidagi bloggerlarga havas qilsak arziydi, sababi ularning aksariyati hali voyaga yetmagan bolalar :). Ma’lumotlar 2020 yilga nisbatan berilgan!

1 Ryan’s World — $26 mln bir yilda!

youtube top

Sakkiz yoshli bolakay kamera oldida o’tiradi va turli o’yinchoqlarni ochadi. Bori shu! Boshqa hech ish qilmaydi. Buning uchun u juda ko’p pul oladi va bolalar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o’z o’yinchoqlarini shu bolaga ochtirish uchun navbatda turadilar.

2 Dude Perfect — $20 mln bir yilda!

Top youtube

Mana bu besh do’st turli gimnastika fokuslarini bajaradigan va hatto Ginnes rekordlarini o’rnatgan kanalni yaratishgan. Har holda, yuqoridagi bolakayga qaraganda ancha qiziqarli va foydali. Dude Perfect yigitlarining qabuliga sport kiyimlari va poyafzal ishlab chiqaruvchilari o’z kiyimlarini reklama qilib berishlari uchun navbatda turadilar.

3 Like Nastya — $18 mln bir yilda!

Top youtube

5 yoshli Nastya Radzinskaya yaqinda Youtube yulduzi bo’ldi. Videodalarida aytarlik biror maxsus bir narsa yo’q, lekin ular (videolar) bir vaqtning o’zida bir nechta tillarda. Nastyaga (albatta, uning ortida turgan ota-onasiga) uning kanalida reklama ularning mahsulotlarini reklama qilishlarini so’rayotgan yirik brendlar allaqachon murojaat qilishni boshlashgan.

4 Rhett & Link — $17,5 mln bir yilda!

Top youtube

Youtubening ikki yulduzi istagan ishlari bilan shug’ullanishadi: fast fud yeyish, qo’shiqlar kuylash, kulguli hikoyalari. Videolar alohida ahamiyatga ega emas, lekin Ret va Link youtube yulduzlariga aylanib bo’lganlar va ularning har qanday videolari tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olinadi.

5 Preston — $14 mln bir yilda!

Top youtube

Preston youtubedagi faoliyatini oddiy o’yin strimeri sifatida boshlab, bir yil ichida katta mashhurlikka yetishdi. Hozirda Preston, o’yindan tashqari do’stlari, tanishlari va hatto begonalar ustidan hazil pranklari bilan shug’ullanmoqda.

6 PewDiePie — $ 13 mln bir yilda!

Top youtube

Bu shvedni, ehtimol, eng mashhur Youtuber deb atash mumkin, sababi u bir necha yil bu platformada daromad bo’yicha chempionlikni qo’ldan bermagan. So’nggi paytlarda u o’zining antisemitizm va ksenofobik xarakteri bilan boshqalardan ajralib qoldi. Biroq, daromad, siz ko’rib turganingizdek, irqchi bo’lsa ham, yaxshigina.

7 Markiplier — $13 mln bir yilda!

Top youtube

Geymerlik (elektron o’yinlar) yo’nalishidagi reklamachilarning yoqimtoyi. Pulni to’laydigan deyarli har bir kompaniya bilan osongina muloqotga kirisha oladi. O’zining kiyim brendi bor, va qiziqarlisi, bu yigit o’zini o’zi kanalida reklama qiladi.

8 DanTDM — $12 mln bir yilda!

Top youtube

Yigit Minecraft streamlarida muvaffaqiyatga erishib, bu darajaga materialni yengil tarqatish va o’zining “podpischiklari”ga katta e’tibor bilan erisha oldi. Muntazam ravishda dunyo bo’ylab sayohatga chiqib kanal a’zolari bilan, huddi do’stlari bilan uchrashgandek ko’rishadi. Balki, buning shu odati, uning mashhurligiga sabab bo’lsa kerak. 

9 VanossGaming — $11,5 mln bir yilda!

Top youtube

Grand Thef Auto (GTA) va Minecraft strimeri. O’zining o’ta hissiyotchanligidan boshqa diqqatga sazovor bir “qilig’i” yo’q. Bir yil ichida 1,5 milliondan ortiq obunachi to’plashga sazovor bo’ldi, balki bu uning ijtimoiy reklamada tushganligi sababidan bo’lsa kerak. 

Ma’lumotlar quyidagi manbadan olindi va tarjima qilinib tayyorlandi

 

Comments