Chimildiq nima? Chimildiq so'zini o'zbek tilidagi wikipediada — "nikoh toʻyi kuni qizning uyidagi kuyov kiradigan xonaga va kuyovning uyidagi kelin tushadigan xonaning bir burchagiga yoki uyning toʻriga tutiladigan maxsus oq parda yoki gulli choyshab" deb ta'riflanadi.
# Har bir ayol va erkakning hayotida nikohdan so'ng yuz beradigan birinchi jinsiy aloqa aynan chimildiq ortida bo'lishi barchamizga ma'lumdir.
# Chimildiq so'zining boshqacha ma'nosi go'shanga deganidir.
Boshqalar o'qimoqda: Jinsiy aloqa: atrofdagi odamlar, farzandlar
# Chimildiqni xorazmliklar "ko'shana" deyishadi.
# Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarkand, Buxoro viloyatlarida Chimildiq dastavval (kuyov kelar kechasi) qizning otasi uyida tutilib, uning orqasiga kelin va kuyovni oʻtqazadilar. Nikoh marosimlari oʻtgach, qiz kuyovnikiga olib ketilgan. Bu yerda ham kelin va kuyov uchun chimildiq tutiladi.
# Kuyov va kelin birinchi kechani chimildiq ortida oʻtkazadilar. Koʻp yerlarda toʻyning ertasi kuni chimildiq olib qoʻyiladi.
# Chimildiq ichiga kirgan yosh kelin va kuyov bir-birlariga xushmuomala bo'lishlari lozim.
# Chimildiq ichiga kirgan kuyov ayniqsa hayajonda va qo'rquvda o'tirgan qizga nisbatan juda muloyim bo'lishi lozim.
# Chimldiq ichiga kirayotganda kelin va kuyov Alloh taologa zikrlar va shukrlar qilishlari lozim.
# Halollik bilan endi qurilayotgan oila a'zolari ya'ni kelin va kuyov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila" asarini o'qib olishsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.
Boshqalar o'qimoqda: Uxlash oldidan suv ichishning foydalari
# Kelin va kuyov shar'iy qo'shilishda quyidagi duoni o'qishlari zarur: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz o‘z ahliga (jufti haloliga) qo‘shilmoqchi bo‘lsa:
«Bismillahi, Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtanaa», desa, albatta, agar bundan ularga farzand taqdir qilingan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ma’nosi: «Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni yiroq qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsang (farzand)dan chetda qilgin».
# Har ikkala tomon ham, ya'ni kuyovning yaqinlari va kelinning yaqinlari ikki yosh chimildiqqa kirishlaridan avval ularga jinsin aloqa haqida batafsil ma'lumotlar, maslahatlar berishlari lozim.
Boshqalar o'qimoqda: Kelinlarga 10 ta foydali maslahat
Ma'lumotlar tayyorlanayotganda quyidagi manbalardan foydalanildi:
O'zbek tilidagi wikipedia
Odnoklassniki Qiziqarli faktlar
Surat manbasi
Comments