Abdulla Oripov haqida faktlar

Marhum shoir Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻilgan.

# Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Onasi Turdixol uy bekasi boʻlgan.

# Orifboy Ubaydulla oilasida sakkiz nafar farzand — to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lishgan, Abdulla Oripov o‘g‘illardan eng kenjasi bo‘lgan.

Boshqalar o'qimoqda: Islom Karimov haqida faktlar

# Shoirning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan.

# Shoir 1958-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika yoʻnalishiga oʻqishga kirib, oliygohni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunlagan.

# Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSH) fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining aʼzosi hamdir.

# Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi hammualifidir. Abdulla Oripov 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi.

Boshqalar o'qimoqda: Shavkat Mirziyoyev va uning oilasi haqida qiziqarli faktlar

# U Navro‘z va Mustaqillik bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha yozilgan aksariyat ssenariylar muallifidir.

# Abdulla Oripov Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori (2005 yil 25 yanvar) bo‘lgan.

# 1998 yil Abdulla Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni topshirildi.

# 2000-2001 yillar to‘rt tomlik saylanmasi bo‘lmish Abdulla Oripovning “Sara asarlari” nashrdan chiqqan.

Asarlari

  • "Mitti yulduz" (1965)
  • "Koʻzlarim yoʻlingda" (1967)
  • "Onajon" (1969)
  • "Ruhim" (1971)
  • "Oʻzbekiston" (1972)
  • "Xotirot" (1974)
  • "Yurtim shamoli" (1974)
  • "Jannatga yoʻl" (1978)
  • "Hayrat" (1979)
  • "Hakim va ajal" (1980)
  • "Najot qalʼasi" (1981)
  • "Yillar armoni" (1983)
  • "Ranjkom" (1988)
  • Haj daftari" (1992)
  • "Saylanma" (1996)
  • "Sohibqiron (sheʼriy drama)" (1996)
  • "Tanlangan asarlar I-IV" (2000-2001)

Mukofotlari

  • 1983-yil — Oʻzbekiston xalq shoiri
  • Doʻstlik ordeni
  • Xalqlar doʻstligi ordeni
  • 1998-yil — „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni
  • 2015-yil — Italiya yulduzi ordeni
  • 2015-yil — Xalqaro „Oltin yulduz“ ordeni
O'qituvchilar haqida faktlar

Manba

Manba

Manba 

Asosiy foto

Комментарии