Qur'oni Karim haqida 10 ta faktlar

Qur'oni Karim Alloh taolo tomonidan insoniyat uchun tushirilgan kalomdir. Quyida siz uchun Allohning mo'jizasi haqida bir nechta qisqa faktlar keltirib o'tamiz. 

1-Qur'oni Karim 114 sura va 6666 ta oyat bo'lib, Qur'oni Karim 30 qismdan iborat.

2-Rasulimiz Muhammad Sallalohi Alayhi Vasallamga vahiy Ramazon oyida tushishni boshlagan.

3-Qur'on 23 yil davomida nozil bo'lgan: 13 yil Makkada, 10 yil Madinada.

4-Kim Qur'onning bir harfini o'qisa, 10 ta savob oladi.

Dunyodagi eng kichik Qur'oni Karim kitobi

5-Baqara surasi eng uzun sura bo'lsa Kavsar surasi eng qisqasidir. 

6-Qur'on Payg'ambarimiz Muhammad (Sollallohu Alayhi Vasallam)ga Jabroil farishta orqali nozil qilingan.

7-Rasululloh (Sollallohu Alayhi Vasallam) Qur'onning birinchi oyati nozil bo'lganida 40 yoshda edilar.

8-Qurʼon arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq ma'nolarini beradi. 

9- Qur'oni Karimda 25 ta payg'ambar zikr qilingan: 

1. Odam alayhissalom.
2. Idris alayhissalom.
3. Nuh alayhissalom.
4. Hud alayhissalom.
5. Solih alayhissalom.
6. Ibrohim alayhissalom.
7. Lut alayhissalom.
8. Ismoil alayhissalom.
9. Is'hoq alayhissalom.
10. Ya’qub alayhissalom.
11. Yusuf alayhissalom.
12. Ayyub alayhissalom.
13. Shuayb alayhissalom.
14. Muso alayhissalom.
15. Horun alayhissalom.
16. Yunus alayhissalom.
17. Dovud alayhissalom.
18. Sulaymon alayhissalom.
19. Ilyos alayhissalom.
20. Al-Yasa’ alayhissalom.
21. Zakariyo alayhissalom.
22. Yahyo alayxissalom.
23. Zulkifl alayhissalom.
24. Iso alayhissalom.
25. Muhammad alayhissalom.

Makka haqida bilishingiz lozim bo'lgan faktlar

10-Qur'on qiyomat kuni uni tilovat qilgan qavmlarga shafoatchi bo'ladi.

11. Qaysi sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng? "Ixlos" surasi.

12. Qur’onda qaysi so‘z ko‘p takrorlanadi? "Alloh" ismi, 2640 marta.

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt

13. Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. 

14. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989-yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. 

Surat manbasi

Manba

Manba

Manba 

Комментарии