Akulalar haqida qiziqarli faktlar

Akulalar, nahanglar haqida qiziqarli faktlar, akulalar haqida qiziqarli ma'lumotlar va suratlarni quyida ko'rib, o'qib borishingiz mumkin. 

Akulalar yoki nahanglar haqida qiziqarli savollar:

  • Akulalarning nechta turlari bor?
  • Akulalarning qanday turlari bor?
  • Akulalarning nechta tishlari bor?
  • Akulalar tuhum qo'yadimi?
  • Akulalar necha yil yashaydilar?
  • Akulalar nima bilan oziqlanadilar?
  • Akulalarning tanasi qanday tuzilgan?
  • Akulalar haqida qanday qiziqarli ma'lumotlar bor?
Boshqalar o'qimoqda: Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

Dunyodagi barcha okeanlarda bir milliard yoki undan ortiq akulalar yashashi mumkin. 16-asrga qadar dengizchilar akulalarni “dengiz itlari” deb atashgan. Bugungi kunda olimlar dunyoda 400 dan ortiq turli xil akula turlari bor deb bilishadi, lekin ayrim manbalarda ularning 1000 dan ortiq turlari bor deb aytiladi. Ulardan eng kichigi – mitti fonar akulasining uzunligi tahminan 18 smdan kam.

# Akulalarning ko'p turlari yo'qolib ketish xavfi ostida

Ayrim manbalarda keltirilishicha okeanlarimizda 1000 dan ortiq akulalar turlari qayd etilgan va tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining qizil roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, bu turlarning deyarli 40% haddan tashqari ko'p ovlash, yashash joylarining ifloslanishi yoki yo'qolishi va iqlim oʻzgarishi kabi taʼsirlar tufayli yoʻqolib ketish xavfi ostida.

Yo'qolib ketayotgan akula turlariga quyidagilar kiradi:

Yirik bolg'a boshli akula (yo'qolib ketish xavfi ostida)
Qum yo'lbars akula (Kritik xavf ostida)
Qumli akula (yo'qolib ketish xavfi ostida)
Qora uchli rif akulasi (zaif)
Ipak akula (zaif)
Hamshira akula (yo'qolib ketish xavfi ostida)
Oq nuqtali bambuk akula (tahdid ostida)
Jigarrang tarmoqli bambuk akula (tahdidga yaqin)

Boshqalar o'qimoqda: Itlar haqida qiziqarli faktlar
Akula turlari
Manba: https://www.animalspot.net/shark

 

# Akulalar umr davomida 30 000 dan ortiq tishlarini yo'qotishi mumkin

Akulalar o'zlarining marvarid tishlari bilan mashhur, ammo bir akula umri davomida 30 000 dan ortiq tishlarni to'kishi mumkinligini blarmidingiz? 32 ta tishga ega bo'lgan odamlardan farqli o'laroq, akula tishini yo'qotganda, tushgan tish o'rnida boshqa yangi tish o'sib chiqadi. Agar akulaning og'ziga qarasangiz, ularning birinchi qatoridagi chomperlarning orqasida bir necha qator tishlarni ko'rasiz. 

Manba 

 

# Akulalar kariyes bilan og'rimaydilar

Stomatologlar tishlarimizni kariyesdan himoya qilish uchun ftoridni tavsiya qiladilar, ammo akulalar hech qachon tishlarini tozalamaydilar! Sababi shundaki ularning tishlari sirtlari ftorid bilan qoplangan bo'lib, ularni parchalanishdan saqlaydi.

# Akula terisi baliq tangasidan ko'ra ko'proq tishlarga o'xshab ketadi

Akulalar ko'rinishidan silliq teriga o'xshagandek bo'lsalarda ularning terisi aslida V shaklidagi mayda tangalardan iborat bo'lib, ular ichki pulpa bo'shlig'idan va dentinning tashqi qatlamidan, emalga o'xshash materialdan (xuddi bizning terimiz kabi) hosil bo'ladi. Ularning tangalari odatdagi baliq tangasiga ko'ra tishlarga ko'proq o'xshab ketadi. Bu noodatiy shakga ega tangalar akulalarga tezroq va yashirincha suzishga imkon beradi. 

Manba

 

# Turlarga qarab, akulalar uch xil usulda tug'ilishi mumkin!

Akulalar noyob hayvonlardan biri bo'lib, turlariga qarab, tirik tug'ish, tuxum qo'yish yoki ikkalasini birlashtira oladi. Tuxum qo'yuvchi akulalar qalin himoyaga ega bo'lgan tuxum qo'yadilar. Akulachalarni tug'uvchilar embrionlarini muddatigacha ko'tarib yurib, vaqti kelganda ularni dunyoga keltiradilar. Bunday tug'ish asosan bolg'a kallali akula va moviy akulalar kabilarda kuzatiladi. 

Boshqalar o'qimoqda: Sher haqida top faktlar

# Qum yo'lbars akula embrionlari ona qornida o'z qorindoshlarini yeyishadi

Urg'ochi qum yo'lbars akula homilador bo'lsa, uning qornidagi ikkita eng katta akula embrionlari o'zlarining tug'ilmagan aka-ukalarini iste'mol qiladilar. Intrauterin kannibalizm deb ham ataladigan bu holat vaxshiylik bo'lib tuyulishi mumkin albatta.

Akula embrioni
Manba

 

# Akulalar oltinchi sezgiga ega ekanliklarini bilarmidingiz?

Akulalar arvohlarni ko'ra olmaydilar, lekin ular ko'pchilik seza olmaydigan narsalarni sezish qobiliyatiga egalar. Akulalar oltinchi tuyg'uga ega bo'lib, bu ularga elektr stimullarini sezish imkonini beradi va ayniqsa yashirin o'ljani ovlashda yordam beradi. Masalan, bolg'a boshli akulalar okean tubida boshlarini metall detektorlar kabi ishlatib (bolg'a boshlarini oldinga va orqaga silkitadilar), o'ljalarini topadilar va ovlaydilar. 

Bolg'a boshli akulalar
Manba 

 

# Akulalar necha yil umr ko'radilar?

Aksariyat akulalar yovvoyi tabiatda 20-30 yil yashaydi, ammo ba'zi turlari uzoqroq yashashi mumkin. Uzoq umr ko'rishning eng rekord darajasini ya'ni kamida 272 yil yashashi mumkin bo'lgan Grenlandiya akulalari mavjud bo'lib, bu fakt ularni mavjud bo'lgan eng uzoq umr ko'radigan umurtqali hayvonga tenglashtiradi.

Boshqalar o'qimoqda: Mushuklar haqida top 11 fakt

 

 

Ma'lumotlarni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:

1-manba

2-asosiy manba

Surat manbasi

 

Comments