Argentina haqida qiziqarli ma'lumotlar

Albatta Argentina bizga nihoyatda uzoq mamlakat,  biz u haqida ko‘p narsalarni biladiganday tuyulamiz, biroq ko‘pchiligimiz Argentina haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. 
1) Argentina juda yirik mamlakat, u maydoniga ko‘ra dunyoda 8-o‘rinda turadi, Janubiy Amerika qit'asida faqatgina Braziliya undan kattaroq. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt


2) Argentina Amerika qit’asidagi eng yevropalashgan mamlakatdir, bu yerda qora tanlilar yoki osiyoliklar nihoyatda kam. Argentina aholisi asosan ispan, italyan, nemislardan iboratdir. 
3) Argentina qonunchiligida deportasiya degan so‘z yo‘q, bu mamlakatda har qanday odam bemalol qolib ketishi mumkin. 
4) Argentinaning o‘zining xususiy milliy ramzi bo‘lgan gul navi bor, bu- Eritrina gulidir, uni shuningdek Xo‘roz toji xam deb ataydilar. 
5) Argentinada juda ko‘p xayvon va o‘simlik turlari borki, ular noyob xisoblanadi va boshqa xech qaysi mamlakatda uchramaydi 
6) Argentina aholisi dunyoda eng ko‘p go‘sht iste’mol qiladigan xalqlar sirasiga kiradi. Umuman olganda Argentina chorvachiligi nixoyatda taraqqiy etgan. Shuningdek Argentina mol go‘shti dunyodagi eng mazali va eng qimmat narxdagi go‘shtlardan hisoblanadi. 
7) Argentina dunyo fani va madaniyatiga ko‘plab daholarni yetkazib bergan, Argentinadan 3 ta Nobel mukofoti sohiblari yetishib chiqqan. Shuningdek Argentina daktiloskopiya va sharikli ruchkaning vatani ham  hisoblanadi. 
8) Argentina  Janubiy Amerikadagi reaktiv dvigatelli samolyotlarni qo‘llagan birinchi mamlakat bo‘ladi 
9) Argentinada 1920 yilda dunyodagi ilk radiostansiya ishga tushgan va u o‘zining birinchi eshitirishida mahalliy opera teatrida qo‘yilayotgan Rixard Vagnerning musiqalarini eshittirgan. 
10) Argentinaliklarning sevimli ichimliklari-Mate nomli choyga o‘xshagan ichimlikdir. Bu ichimlik maxsus trubkacha bilan ichiladi. Agar Argentinaliklar sizga mate taklif qildimi, bilingki u siz bilan do‘stlashmoqchi ekanligini anglatadi. 
11) Argentina tango raqsining vatani hisoblanadi, bu raqsga rim papasi ham ruxsat berishga majbur bo‘lgan. 
12) Argentinaning eng mashhur kishisi bu inqilob sardori Che Gevara hisoblanadi, undan keyin futbolchilar Diyego Maradona va Leonel Messilar turadi. 

Qiziqarli tarixiy faktlar

13) Argentina poytaxti Buenos-Ayres dunyodagi eng chiroyli shaharlardan biridir, uning ma’nosi "Toza xavo" deganidir. 
14) Buenos-Ayres aholisi o‘zlarini "Porten’os" deb ataydilar, bu port aholisi deganidir, biroq ko‘pchilik hatto boshqa hududlarda yashovchi argentinaliklar bu g‘alati iboraga tushunavermaydilar.
15) Buenos-Ayres shahrini ikki marta qurishga to‘g‘ri kelgan, chunki birinchisini hindu qabilalari yoqib yuborganlar. 
16) Janubiy Amerikadagi birinchi osmono‘par bino ham Buenos-Ayresda XX asrning boshlarida qurilgan. Bu g‘aroyib binoni italiyalik arxitektor Palasio Baralo loyihalashtirgan. U Dantening "Ilohiy komediya" sidan ilhomlanib binoni pastki qavati (podvaliga) do‘zaxni, 14 qavatigacha qabristonni, 14-dan tepasiga jannatni tasvirlagan. Binoning eng tepasida mayoq joylashgan bo‘lib, u xatto Urugvay poytaxti Montevideogacha ko‘rinib turadi.
17) Argentina xalqi dunyodagi eng futbolsevar xalqlardan biridir. Buenos-Ayres dunyodagi eng ko‘p futbol klublari to‘plangan shahar sifatida e’tirof etilgan. Futbol bu mamlakatda hayot ichidagi ikkinchi hayotdir. 
18) Argentina poytaxti Buenos-Ayresning La-Boka ko‘chasi dunyodagi eng musiqali, eng san’atkorli, eng qiziqarli ko‘cha hisoblanadi. Bu yerda yarmarkalar, karnavallar, maskaradlar,  musiqa va raqs, rasm galereyalari va boshqa ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlar, tomoshalar deyarli tinmaydi. 
19) Iguasu sharsharasi Argentina va jahonning eng bahaybat va eng go‘zal sharsharalaridan biridir. Uni ko‘rishga Argentinaga millionlab turistlar keladilar. Sharshara Argentina va Braziliya chegarasida joylashgan bo‘lsada, uning asosiy qismi Argentina hududida joylashgan.

Asal haqida siz bilmagan faktlar!

20) Argentina tabiati nihoyatda go‘zaldir.  Olovli yer oroli esa dunyoning chekkasi hisoblanadi. Ushuayya shahri esa dunyoning eng janubiy aholi punkti hisoblanadi. Argentina Patagoniyasi esa mislsiz go‘zaldir. Bejizga argentinaliklar dunyoda Patagoniyadan chiroyliroq joy yo‘q demaydilar. 
21. Argentina so‘zi lotinchada kumush ma’nosini beradi. Lekin Argentinaliklar o‘z vatanlarini oltinga qiyoslaydilar.
22. Argentinaga kelgan ilk yevropalik bu ispan zadagoni va sayyohi  Pedro de Mendosa hisoblanadi va u Argentinani 1535 yilda o‘rgangan.

Manba

Comments