Optimist bo'lish uchun 10ta maslahat

✅POZITIV INSONLAR KUNNING YAXShI O'TIShINI KUTMAYDILAR, BALKI UNI O'ZLARI YARATADILAR

“Kutish”, “tasodif”, “omadga ishonish” kabi so'zlar pozitiv insonning lug'atida uchramaydi. Ular hayotlarini yo'lga qo'yishda faol harakat qilishadi. Ular tinim bilmay, mehnat qiladilar, qiyin lahzalarda o'zini yaxshi his qilishi uchun atrofni, dunyoni o'zgartirishga harakat qilishadi. Hech qachon “olma pish, og'zimga tush” deb bekor o'tirmaydilar.

Nimaga kitob o'qiganimizda uyqu keladi?

✅ POZITIV INSONLAR KERAKSIZ BUYUMLARDAN TEZDA XALOS BO'LISHADI

Aksariyat odamlar umrining oxiriga qadar, o'zlari sevgan buyumlardan, g'oyalardan voz kechmay, buning uchun kuch-quvvatlarini ayashmaydi. Pozitiv insonlar esa, yashashi uchun xalaqit qilayotgan har qanday buyumdan, g'oyadan osongina voz kechadi.

✅O'TMISHNI O'TMISHDA QOLDIRADI

Pozitiv insonlar yaxshi va yomon voqealar taassuroti aynan qachon, qaerda ro'y bergan bo'lsa, osha erda qolishi kerak, deb hisoblaydi. Ular kundalik ish bilan band bo'lib, bugun va kelajakni yaratayotganliklari uchun ham otmishni hadeb xotirlayverishga vaqt topmaydilar. O'tmishda qilgan xatolari uchun afsuslanmaydilar, balki undan saboq olib, kelajakda takrorlamaslikka harakat qilishadi.

✅POZITIV INSON BORIGA  SHUKUR QILADI

Nimaga Iphone dagi olma tishlangan?

Ular hech qachon taqdiridan nolimaydi, har bir kuni, har bir bosgan qadami uchun Yaratganga shukur qiladi. Har bir kuni qiziqarli voqealarga, yangi taassurotlarga boy bo'ladi. Hayotni faqat yaxshi tomonidan ko'rishadi.

✅ POZITIV INSONLAR IMKONI YETADIGAN ISHLARGA HARAKAT QILISHADI

Optimist insonlar kuchi yetmaydigan emas, balki qo'lidan keladigan ishlarni amalga oshirish uchun intilishadi. Hatto omadsizlikka uchraganlarida ham, yangi variantlarni o'ylab topishadi, hech qachon aybni birovning bo'yniga qo'ymaydi.

✅ POZITIV INSONLAR QO'RQUVINI YENGIB, HAYOTIGA TASIR QILISHIGA YO'L QO'YMAYDI

O'z qo'rquviga asir bo'lgan inson to'laqonli hayot kechirolmaydi. Ular har qanday sharoitda ham qo'rquvlarini engadi. Hech qachon tatib ko'rmagan taomni eb ko'rishdan yoki hech qachon bajarmagan yangi ish faoliyatini boshlashdan ham qo'rqishmaydi.

✅POZITIV ODAMLARNING YUZIDAN TABASSUM ARIMAYDI

Ular har doim xushkayfiyatda yurishadi, atrofdagilarga ham yaxshi kayfiyat ulashadi. Optimizm, hayotga ijobiy ko'z bilan qarash, yumor pozitiv insonlarga xos xususiyatlardan biridir.

✅KIRISHIMLI VA DILKASH INSON BO'LADI

Pozitiv insonning hech qachon yolg'iz o'tirganini, hayotdan noliganini eshitmaysiz. Ular yangi tanishlar orttirishni, “davraning guli” bo'lishni yoqtirishadi. Hech qachon birovning orqasidan g'iybat qilishmaydi, mushkul vaziyatga tushib qolgan insonlarga yordam qo'lini cho'zadi.

✅ POZITIV INSONLAR BAXTSIZLIK, DARD NIMALIGINI YAXShI BILIShADI

Pozitiv insonlarni eng baxtli odamlar, ularning hech qanday muammolari yo'q deb oylash noto'g'ridir. Inson qorong'ilikda qolmasa, yorug'likning qadriga etmaydi. Ular ham omadsizlikka, baxtsizlikka uchrashadi, dard chekishadi. Ammo shunda ham tushukunlikka tushmay, baxtsizlikdan baxt qidirishadi. 

✅POZITIV INSONLAR HAYOTLARI UChUN O'ZLARI MA'SULLIGINI YAXShI HIS QILADILAR

Pozitiv insonlar o'zlarini hurmat qilishadi. Hech qachon ezma boshlig'idan, ko'p gapiradigan rafiqasidan va hosilning ko'ngildagiday bo'lmaganidan afsus-nadomat chekishmaydi. Boshlariga tushgan ishda hech qachon birovni ayblamaydilar. Har qanday sharoitda ham birovdan yordam kutmay, faqatgina o'z kuchlariga ishonadilar.

Manba: telegram kanallaridan olindi. (P.s. Agar siz ushbu maqolani muallifi bo'lsangiz va bu maqolani saytda chop etilishiga qarshi bo'lsangiz, iltimos bog'laning. Telegram: @sadikovuz

optimist
foto: https://www.vseznaika.org/psihologiya/kto-takoy-optimist/

 

Comments