Shimoliy Koreya.
Rasmiy ravishda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) deb ataladi.
KXDR 1948-yil 9-sentabrda Yaponiya tomonidan uzoq davom etgan okkupasiyadan so'ng Sovet Ittifoqi yordami bilan Koreyaning shimoliy yarmida tashkil topgan davlatdir.
Shimoliy va Janubiy Koreya 1950 yildan beri bir-biri bilan urush vaziyatida bo'lib kelgan.
Koreya Yaponiya tomonidan bosib olingandan so'ng, Ikkinchi Jahon urushi tugashi bilan Sovet Rossiyasi ham, AQSh ham mamlakat kelajagi uchun rejalar tuzadi. Natijada AQSh boshchiligidagi kuchlar mamlakat janubini, shimolni esa Sovetlar boshchiligidagi kuchlar egallab oldi. Ikkala tomon ham Koreyani birlashtirishni maqsad qilgan bo'lsa-da, yangi birlashgan Koreya qanday bo'lishi kerakligi haqida juda har biri o'z g'oyasiga ega bo'lgan.
Shimoliy Koreya tashkil qilinganidan beri uni bir oila boshqarib kelmoqda.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasining birinchi rahbari Kim Ir Sen boʻlib, u Ikkinchi jahon urushida inqilobiy partizan jangchisi sifatida hokimiyat tepasiga koʻtariladi. U ko'p vaqtini Kommunistik Xitoy va SSSRda o'tkazdi, natijada u Sovet nazorati ostidagi Shimoliy Koreya raxbariga aylanadi. KXDR tuzilgach, uni Kim Ir Sen boshqargan. U 1948 yildan 1994 yilda vafot etguniga qadar hukmronlik qiladi va shu vaqt ichida u "Buyuk rahbar" unvoniga sazovor bo'ladi. 2011 yilda bu davlat yosh rahbar Kim Chen Inning qo'liga o'tadi. Kim Chen In 2011-yilda oliy yetakchi rolini o‘z zimmasiga olganidan beri, xuddi ota-bobolariga o‘xshab, mamlakatni qattiqqo'llik bilan boshqarib kelmoqda.
Pxenyan stadioni dunyodagi eng katta stadiondir.
1989-yilda qurilganiga qaramay, Shimoliy Koreyadagi 1-May stadioni dunyodagi boshqa stadionlarga qaraganda eng ko'p o'rindiqlar soniga ega. Stadionda jami 150 000 dona o'rindiqlar bor. Stadiondan mamlakatning mashhur yillik ommaviy sport o'yinlari paytida eng ko'p foydalaniladi.
Shimoliy Koreya kommunistik davlat hisoblanmaydi.
Boshqa davlat fuqarolari orasida keng tarqalgan noto'g'ri tushuncha bu hali ham bu davlatni kommunistik tizimda deb hisoblashlaridir. Kim Ir Sen sosializm va kommunizmga ko'proq og'sada, uning mamlakati yillar o'tgan sari kommunizm tizimidan ancha uzoqlashdi. KXDR o‘zining kommunistik tamoyillarini Kim Ir Sen tomonidan o‘ylab topilgan Shimoliy Koreyaning o‘ziga xos siyosiy mafkurasi bo‘lgan Juche bilan almashtirdi. Kommunizm haqidagi barcha eslatmalar asta-sekin rasmiy davlat yozuvlaridan olib tashlandi, 2009 yilga kelib bu so'z konstitutsiyadan butunlay chiqarib tashlandi.
Shimoliy Koreyaning o'z taqvimi bor.
Dunyoning aksariyat qismi Grigorian taqvimidan foydalanishi haqida ko'pchilik ma'lumotga ega. Shimoliy Koreyada aslida shunga o'xshash tizim mavjud, ammo buning o'rniga ular taqvimni "Buyuk Yo'lboshchi" Kim Ir Senning tug'ilishiga asoslashgan. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi taqvimi yoki Juche kalendaridagi birinchi yil taqvim faqat 1997 yilda kiritilganiga qaramay, aslida 1912 yilda boshlangan.
Shimoliy Koreyaliklar internetdan foydalana olmaydilar
To'g'ri o'qidingiz. Bu davlatda maxsus tanlangan hukumat odamlaridan tashqari internetdan hech kim foydalana olmaydi. Agar siz Pxenyanda yoki Shimoliy Koreyaning boshqa yirik shaharlaridan birida yashayotgan bo‘lsangiz va ilg‘or sohada ishlayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsangiz, sizga mamlakatning o‘z Intraneti Kvanmyonga kirishga ruxsat berilishi mumkin. Bu tarmoq mamlakat ichida ishlaydi va qattiq senzuralangan bir qator davlat tomonidan tasdiqlangan veb-saytlarga va oddiy elektron pochta mijoziga juda cheklangan kirish imkonini beradi.
Shimoliy Koreya aholisining savodxonlik darjasi 100% deb da'vo qiladi.
Shimoliy Koreyada ta’lim yuksak qadrlanadi shekilli. Davlat barcha fuqarolarga bolalar bog‘chasi, boshlang‘ich maktab, o‘rta maktab va hatto universitetda ta’limni bepul ta'minlab bergan va bu davlat butun dunyoga o'z aholisining 100% savodli deb davo qilib kelmoqda.
Shimoliy Koreyaga faqat ikki davlat fuqarolari vizasiz sayohat qilishlari mumkin.
Malayziya yoki Singapur pasportiga ega bo'lmasangiz, Shimoliy Koreyaga tashrif buyurish uchun viza olish uchun ariza topshirishingiz kerak bo'ladi. Lekin viza olish uchun ariza topshirganingiz bilan, bu davlatga viza olish nihoyatda qiyin. Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishni istagan har bir kishi davlat tomonidan tasdiqlangan sayyohlik agentligi bilan sayohat qilishi kerak.
Shimoliy Koreya dunyodagi to'rtinchi eng katta armiyaga ega!
1990-yillarda Kim Chen Ir mamlakat kelajagini qayta belgilagan harbiy siyosat bo‘lgan Songunni joriy qiladi. Mamlakatning harbiy e'tibor kuchayishi natijasida u hozirda dunyo miqyosida to'rtinchi eng katta faol harbiy kuchga ega bo'lib, taxminan 1,21 million askarni yoki mamlakat aholisining 4,7 foizini tashkil qiladi. Zaxiradagi hodimlarni hisoblaganda esa, yuqoridagi raqamlar 10 million kishiga yetadi.
Shimoliy Koreya o'zining kosmik dasturiga ega.
Shimoliy Koreya kosmik dasturi birinchi sun'iy yo'ldoshi Kwangmyongsŏng-1 1998 yil 31 avgustda uchirilganida xalqaro e'tiborni qozonadi. Shimoliy Koreya hukumati bu parvozni muvaffaqiyatli deb ta'kidlaydi. Ammo sun'iy yo'ldosh uchirilgandan keyin orbitada hech qanday ob'ekt kuzatilmaydi. Bu degani, boshqa davlatlarning ta'kidlashicha Kwangmyongsŏng-1 parvozi muvaffaqiyatsiz bo'lgan. Shundan so'ng, bu davlatdan jami 4 ta sun'iy yo'ldoshlar uchiriladi va eng ohirgisi 2016-yilda amalga oshiriladi.
Shimoliy Koreyada jami 4 ta telekanallar mavjud.
Shimoliy Koreyadagi ommaviy axborot vositalari butunlay davlat tomonidan boshqariladi, bu esa hukumatga o'z fuqarolarini nazorat qilib borishga imkon beradi.
Fuqarolar tomosha qilishlari mumkin bo'lgan 4 ta telekanal:
Koreya markaziy televideniyesi (tarixiy targ'ibot, yangiliklar, favqulodda eshittirishlar)
Mansudae Television (ta'lim dasturlari)
Ryongnamsan televideniyesi (talabalar uchun mo'ljallangan ta'lim dasturlari)
Athletic Television (Shimoliy Koreya sportchilari ishtirokidagi har qanday musobaqalarni hamda Shimoliy Koreyadagi sportga oid hujjatli filmlarni translyatsiya qiladi).
Barcha ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi.
Comments