1. Tuzlangan mahsulot iste'mol qiling
Dudlangan baliq, tuzlangan bodring, brinza yoki pishloqning tuzli boshqa turi, soya qaylasa qo‘shilgan bir qoshiq pishirilgan guruch...
Natriy xlor (osh tuzining ayni o‘zi) qon bosimini ko‘taradi. Ba'zida juda tez, shuning uchun gipertoniya bilan og‘ruvchi bemorlarga tuz iste'moli qat'iyan taqiqlanadi. Lekin mumkin bo‘lmagan holat mavjud.
Diqqat qiling! Doimiy ravishda qon bosimini tuz orqali ko‘tarish man qilinadi. Tanada natriyning oshishi yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, ayniqsa katta yoshli kishilarda.
2. Bir stakan suv iching
Iloji bo‘lsa, ikki stakan. Suyuqlik qon hajmini orttiradi (tomir devorlaridagi qon bosimini ham). Shuningdek ehtimoliy suvsizlikni bartaraf etadi.
3. Kompress uchun mo‘ljallangan golf yoki paypoq kiying
Elastik paypoqlar (chulkilar) odatda oyoqdagi shishni qaytarishda va vena tomirlari kengayishini kamaytirishda foydalaniladi. Lekin bundan tashqari, ular oyoqdagi qon hajmini kamaytiradi. Qisilgan qon tananing asosiy tomirlaridagi bosimni orttiradi.
4. To‘g‘ri holatni tanlang
Bu kompress paypoqlarning o‘ziga xos maqbulidir.
Oyoqlaringizni bir biriga bosib o‘tiring. Natijada oyoqning pastki qismida qon hajmi kamayadi, asosiy tomirlarda bosim ko‘tariladi. Shu sababli bu holat gipertoniyadan aziyat chekuvchi bemorlarga taqiqlanadi.
5. Kofe iching, shakalat iste'mol qiling
Bu nisbatan eng keng tarqalgan usul, biroq foydasi isbotlanmagan. Kofein faqatgina kofeni kam ichuvchi insonlardagi arterial bosimni ko‘tarishi mumkin. Agar siz kofeman bo‘lsangiz, foyda ehtimoli juda kam.
✅✅✅Quyidagi rasm qon bosim tushgan bemorni eng to'g'ri yotqizish holati hisoblanadi.
Comments