Qo’ylar bilan bog’liq Ginnes rekordlari

 

 

 

 

 

 

 

Eng baland qo’y

Самый высокий овец
Foto: https://whisperinghillsfarm.com/

Eng katta qo’y 1991 yil mart oyida ro’yxatga onlingan bo’lib u 1,09 metrlik Stratford Whisper 23H Suffolk qo’chqori bo’lgan. Qo’chqor AQShlik Jozef va Susanga tegishli bo’lgan.

 

Eng ko’p qo’ylar soni qayd etilgan mamlakat

Xitoy qo'ylari
Foto: https://www.fginsight.com/news/news/sheep-meat-exports-to-china-a-step-closer-after-uk-visit-94247

Dunyodagi eng katta qo’y qo’ylari bo’lgan mamlakat – bu Xitoydir. Xitoyda 136 milliondan ortiq qo’y bor. Ularning ko’pchiligi asosan go’sht va sut mahsulotlari uchun yetishtiriladigan semiz dumli zotga tegishli, chunki qo’ylarning junini sifati juda past. Ikkinchi o’rinda esa Avstraliya turadi, uning 79 millionga yaqin qo’yi bor.

 

Eng qari qo’y

Самая старая овца
Foto: https://www.dailymail.co.uk/

Qo’ylarda kuzatilgan eng keksa yosh 28 yil 51 hafta bo’lgan. Bu qo’y Griffits ismli odamga tegishli bo’lgan va u 1989 yil 24 yanvarda vafot etgan.

 

Eng qimmat qo’y

Самая дорогая овца
Foto: https://www.indiatimes.com/

Eng qimmat qo’y – Sportsmans Double Diamond (Buyuk Britaniya), Texel qo’chqorli qo’zichoq, 2020 yil 27 avgustda Buyuk Britaniyaning Lanark shahrida bo’lib o’tgan kim oshdi savdosida 367 500 funt sterlingga (490 473 dollar / 411 307 yevro)ga sotilgan. 

 

Eng kichik qo’y zoti

Самая маленькая порода овец
Foto: https://www.pinterest.es/pin/732046114420381935/

Ouessant (Ile d’Ouessant, Britaniya, Frantsiya) turlari dunyodagi eng kichik qo’y zotlaridir (og’irligi 13-16 kg). Ular naslchilik dasturlari yordamida yo’q bo’lib ketishidan qutqarilgan.

Comments