Dunyodagi eng tor uy
Dunyoning eng tor uyi Polshaning Markaziy me’morlari Yakub Schensni tomonidan ishlab chiqilgan Varshavadagi Keret uyi. 2012-yilda yakunlangan bo’lib, tor uy 14 m2 umumiy maydoni va kengligi faqat 92 sm tor joyda joylashgandir. Uyning kichikligiga qaramasdan uning ikki qavatida alohida oshxona, hammom bilan yotoqxona joy olgan.
Uy Isroil yozuvchisi va rejissyori etgar Keretning nomi bilan ataladi. U uyni qurish komissiyasini boshqargan bo’lib, uning birinchi yashovchisi bo’lgan. Ovqatlanish stolida faqat ikkita joy, faqat ikki dona shisha sig’adigan muzlatgich bor bo’lib, uyda ochiladigan derazalar mavjud emas.
Dunyodagi eng katta, eng baland va eng qimmat uy
Dunyodagi eng yirik, eng baland va eng qimmat xususiy uy Antilia uyidir. Mazkur uy 27-qavatli shaxsiy osmono’par bino bo’lib Mumbaylik tadbirkor Mukesh Ambaniga tegishlidir. U Amerika me’morlari Perkins & Will tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib 2010 yilda uning qurilishi yakunlangan. Antilianing umumiy maydoni 37 000 m2 bo’lib, u o’z ichiga 168 mashinalar uchun turargox, uch vertolyot qo’nish joyi, bir necha suzish havzasi, sog’liqni saqlash uchun spa markaz va teatrni o’z ichiga oladi. Mumbaydagi maxsus Altamount Road ko’chasida 4532 kvadrat metr maydonni egallaydi va 600 xodimlarini joylashtira oladi. Binoning balandligi 173 m va 27 qavatlar orasidagi katta uch qavatli interval binoning odatda 60 qavatli ofis minorasi kabi baland ekanligini anglatadi.
Dunyoning eng qadimgi uylari
Dunyodagi eng qadimgi uylar miloddan avvalgi 7500-5700 yillarga to’g’ri keladigan zamonaviy Turkiyadagi Neolitik Chatalxeyukda joylashgan. 5000-8000 aholi loy g’ishtli uylarda istiqomat qilgan va kirish, uydagi tutunni tashqariga chiqarish uchun tomdagi ventilyatsion teshiklardan foydalanishgan.
Inson tomonidan tortilgan eng og’ir uy
Kevin Fast (Kanada) 35,9 tonnalik uyni 11,95 metr masofaga tortib borib 2010 yilda Ginnes Rekordiga erish olgan. Kevin mazkur rekord uchun 1 daqiqayu 1 soniya sarflagan. Mazkur rekord 2011 yilda Ginnes Rekordlari Kitobining ochilish marosimida Kanadaning, Ontario, Koburda bo’lib o’tgan.
Comments