Sulton Abdulhamid haqida qiziqarli faktlar

  • Sulton Abdulhamid II ko'plab inqiloblar va urushlarning guvohi bo'lgan. U 1876 yildan 1909 yilgacha hukmronlik qilgan va o‘zini “Yosh turklar” deb atagan bir guruh odamlar tomonidan taxtdan ag‘darilgan.
  • U o'z hukmronligi davrida Usmoniylar imperiyani modernizatsiya qildi, masalan, ko'plab temir yo'llar, maktablar va kasalxonalar qurdi. Sulton Abdulhamid o'z imperiyasini Islom ostida birlashtirishga harakat qilgan. 
  • Yosh shahzoda Abdulhamid II 1867 yilda amakisi Sulton Abdulaziz bilan Yevropa bo‘ylab sayohat qilganida, bu uning bilimi va dunyoqarashini kengaytirish uchun imkoniyat bo‘lgan va bu sayohatda u Fransiya, Angliya, Belgiya, Germaniya va Avstriyaga borib, g‘arbning turmush tarzi, an’analari, urf-odatlarini to‘la-to‘kis anglagan.U o'sha vaqtdagi eng ilg'or texnologiyalar va ixtirolarni ko'rish va Yevropa erishgan taraqqiyot darajasini tushunish imkoniga ega bo'lgan.
  • Shuningdek, u xalqaro diplomatiya qanday ishlashi haqida tasavvurga ega bo'lgan. Bu kuzatishlar va tajribalar keyinchalik Sulton Abdulhamid hokimiyatni qo'lga kiritgach, uning uchun juda muhim bo'ladi.
  • Abdulhamid II o'z g'oyalari va maqsadlarini ajoyib nafosat bilan ifodalay olgan. U juda kuchli xotiraga ega bo'lgan va u ajoyib aqlga ega bo'lgan. U uchrashgan va muzokaralar olib borgan odamlarda katta taassurot qoldirgan. U juda baquvvat va chaqqon bo'lib, dangasalikni yoqtirmagan. 
  • Shuningdek, u duradgorlik, naqqoshlikga juda qiziqgan. Saroydagi shaxsiy ustaxonasida u gravyuralar va yuqori sifatli mebellar yasab, ba'zilarini Yevropa hukmdorlariga sovg'a sifatida yuborgan, ba'zilarini esa Yulduz saroyining ba'zi joylariga joylashtirgan.
  • Sulton Abdulhamidning qiziqarli odatlaridan biri, uyqusidan oldin yig'ma parda o'rnatilgan yotog'ining oldida unga qotillik, detektiv va sarguzasht romanlarini o'qib berishlarini tinglash bo'lgan. 
  • Sulton Abdulhamidning taxtga o'tirgan yillarining ilk davri surati. 
Sulton Abdulhamidning yoshligi
  • Hijriy 1317, Grigoriy 1899 yilda Usmoniylar imperiyasining batafsil xaritasi.
Sulton Abdulhamidxon davri haritasi
Muallif: AbdurRahman AbdulMoneim
  • Sulton Abd al-Hamid muhri Hayfadagi Isroil temir yo'llari muzeyida namoyishida.
Abdulhamid muhri
Muallif: Golf Bravo
  • Usmonlilar imperiyasining 34-sultoni va 113-xalifasi Abdulhamid II portreti (1842-1918).
Sulton Abdulhamidning yoshligi
Muallif: Abdullah frères
  • Abdulhamid II ga tegishli stol, qizining sovg'asi.
Abdulhamid taxti
Wikipedia. Muallif: Dosseman

 

Material quyidagi manbalardan tarjima qilindi va tahrirlandi:

www.kids.kiddle.co

www.dailysabah.com

Comments