PUBG-bu juda mashhur bo’lgan, bir vaqtning o’zida ko’p o’yinchi o’ynay oladigan, jangari onlayn o’yinidir. Shuni aytish lozimki, so’nggi paytlarda bu o’yinga mukkasidan ketib qolish holatlari ayniqsa yoshlar o’rtasida tez-tez uchramoqda. To’g’ri, PUBG ajoyib o’yin, lekin unga ruju qo’ymoq sog’liq bilan bog’liq bo’lgan jismoniy va psixik muammolarni keltirib chiqaradiki, siz shu muammolardan boxabar bo’lishingiz mumkin. Quyida PUBG ni o’ynashda chegaradan chiqish oqibatida 7 ta salbiy ta’sirlarni o’qib chiqishni tavsiya qilamiz.
1. O’ta shavqatsiz o’yin.
PUBG o’zining shafqatsizligi bilan ko’pchilikni e’tiborini o’ziga qaratdi. O’ta shafqatsizlik agressiv hayollar, tuyg’ular va hatti-harakatlarni insonda uyg’otishi mumkin va natijada esa o’yinchi psixologik tomondan sog’lig’ida muammolarga uchrashi mumkin.
PUBG o’yinchilari o’yindagi qilayotgan ishlarini real hayotda qila olmaydilar. O’yinda u barcha o’yinchilarni ustida g’alaba qozonayotgan qahramon, lekin real hayotda u o’rtacha inson. Bu ikki dunyoni o’rtasidagi qarama qarshilik insonda agressiyani rivojlantiradi. O’yindagi boshqa o’yinchilarga zarar keltirish, real hayotga o’z-o’zidan ko’chishi mumkin.
2. PUBG o’yin qaramligiga olib kelishi mumkin.
PUBG o’yinini haddan tashqari ko’p o’ynashlik bilan siz kamroq samarali insonga aylanasiz. O’yin o’ynashga mukkasidan ketish hozirgi kunda yangilik emas albatta, lekin siz bu odatni zararliligini va insonnning psixik sog’lig’iga jiddiy ta’sir etishini bilishingiz lozim.
3. Ijtimoiy passiv inson.
Ko’pchilik geymerlar kunning ko’p qismini PUBG o’ynash bilan o’tkazadilar. Bu degani hohlaydilarmi yoki yo’q ular ijtimoiy hayotda kam faollikda bo’ladilar.
PUBGga mehr qo’yganlar bu o’yin ularga stresni yengishga yordam beradi deyishadi. To’g’ri, qaysidir ma’noda bu o’yin ularga stresni yengishga yordam berar, lekin ular ko’p vaqtlarini telefon/kompyuter qarshisida o’tkazib, o’zlari istamagan holatda bu o’yinga “narkoman” (giyohvand) bo’lib borayaptilar. Stresni yengish uchun biror o’yinga qul bo’lish shartmikan?
4. O’yin jismoniy sog’liqga ta’sir ko’rsatadi.
Faqat bir joyda o’tirib, uzoq vaqt davomida o’ynash sizning jismoniy sog’ligingiz uchun zararli. Inson dangasa bo’lishga moyil. Bundan tashqari, kompyuter ekraniga soatlab tikilish ko’zingizga ta’sir qilishi va bosh og’rig’iga sabab bo’lishi mumkin.
PUBGga qaramlik bu o’yinni 5-6 soatdan ko’proq vaqt davomida o’ynash odatiga olib keladi. Bu sizning o’tirgan joyingizda yoki o’yin davomida yotgan joyingizda tana a’zolarini faolsiz, uyqu holatida bo’lishingizga olib keladi. Ushbu harakatsiz turishlar bo’yin va yelkada qattiq og’riqqa olib kelishi mumkin.
5. PUBG sizning ruhiy sog’lig’ingizga ta’sir qiladi.
PUBG o’yinini yaxshi ko’radiganlar osongina stressga tushib qolishi yoki ijtimoiy munosabatlar kamligi tufayli jamiyatda uchraydigan muammolarga dosh bera olmasliklari mumkin.
Bolalar ochiq maydonda o’ynashga chiqmay, boshlarini onlayn o’yinlardan olmayotganliklarini barchamiz guvohi bo’lib turibmiz. Albatta, bolalarning o’yin maydonchalarida kamayishi yaxshi holat emas. Bola kam faolligi tufayli keraksiz vazn to’plashi va dangasalik kasalligiga duchor bo’lishi mumkin.
6. O’yin uyqu rejimini buzadi.
Shuni bilingki, telefon yoki kompyuter ekranini oldida PUBG o’ynab soatlab o’tirishingiz, sizga uyquga ketishga halaqit berishi mumkin. Imkoni boricha, o’yinni kamroq o’ynashga harakat qiling va kech tushgan vaqtda umuman unga yaqinlashmang.
7. Bo’sh vaqt yo’q.
Sir emas, PUBG ni bir o’yini 1 soatgacha vaqtingizni oladi. Siz bir kunda 5 ta o’yin o’ynaysiz deylik, bu degani qimmatli vaqtingizni 4-5 soati bekordan bekorga o’tib ketadi. Endi shu 4-5 soat bir haftada, bir oyda qancha bo’lishini hisoblang! Buning o’rniga biror bir samarali ish bilan shug’ullanishingizni tafsiya qilamiz.
Hech kim sizga PUBGni o’ynashni to’xtating deyayotgani yo’q. O’yinga mukkasidan ketib, o’z sog’lig’ingizga befarq bo’lmasligingizni istayapmiz holos.
Materialni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:
Comments