Nepal haqida qiziqarli faktlar

Nepal qadimgi sankskrit tilida- "Tog‘ osti uyi"  ma’nosida kelsa, xitoy tilida u "Muqaddas zamin" ma’nosida keladi. Nepaldagi aholi soni 30.03 milliondir. 

# Nepal xududining 40 % dan ortig‘i dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan va bu uni dunyodagi eng baland mamlakat qiladi. 

Nepal haqida ma'lumot
Foto: https://www.tripadvisor.com/Tourism-g293889-Nepal-Vacations.html


# Nepalda dunyoning 2,4% o‘simlik dunyosi, ya’ni o'simliklarning 6000 dan ortiq turi bor.
# Nepalda dunyoning 8,5% qushlari mavjud bo'lib bu degani ikki qanotlilarning 848 turlari bordir.  
# Nepalda dunyodagi salkam 4% sutemizuvchi xayvonlari yashaydi.
# Bu davlatda yashovchi 2,2 % balig‘lari, 1,1% qurbaqalar Nepalda yashaydi. 
# Butun dunyodagi kapalakning 14 oilasidan 11 tasi Nepalda yashaydi.
# Nepal Buddaning vatani hisoblanadi.

Turkiya haqida qiziqarli faktlar

# Dunyoning eng baland cho‘qqisi dengiz sathidan 8848 metr balandlikda bo'lib, mashhur Everest cho‘qqisi ham Nepal hududidadir. 
# Dunyodagi eng chuqur dara Kaligandak darasi ham Nepaldadir. 
# Dunyodagi eng xavfli aeroport Lukula aeroporti bo‘lib, u dengiz sathidan 2845 metr balandlikda joylashgan va bu aeroport ham Nepaldadir. 
# Besh qirrali Nepal bayrog‘i dunyodagi eng antiqa bayroqdir.

Nepal bayrog'i
Foto: https://depositphotos.com/ru/vectors/nepal-flag.html


# Nepalning mahalliy aholisi bo‘lmish gurkxlar dunyodagi eng qo‘rqmas odamlar sirasiga kiradilar.
# Dunyodagi eng bo‘yi past o‘rta yoshli odam bu Nepallik Chandra Baxadur Dangi bo‘lib, uning bo‘yi 54,6 smdir.
# Nepalning Katmandu vodiysini xaqiqiy Osmon ostidagi muzey desayam bo‘ladi, chunki bu vodiyda 15 km radiusda YUNESKO ning butun jahon madaniy me’rosi ro‘yxatiga olingan naqd 7 ta obyektlar bor. 

Xitoy haqida faktlar

# Nepal kalendari bizdan 57 yil oldin yuradi, hozir Nepalda 2081 yildir. 
# Nepalda 8000 metrdan oshuvchi 14ta cho‘qchining 8 tasi joylashgan.
# Nepal go‘yoki xaritada juda kichik mamlakatday ko‘rinsada, aslida u unchalik kichik mamlakat emas, uning maydoni 147516 km. kvadratdir. 

Nepal xaritasi
Foto: https://stock.adobe.com/search?k=nepal+map

Nyu-York haqida qisqa faktlar

# Nepalda 47 ta aeroport, temir yo‘l liniyasi va yaxshi qattiq qoplamali 3 ming km dan ortiq avtomobil yo‘llari mavjud.
# Nepal poytaxi Katmandudir va pul birligi Nepal rupiysi.

  

 

Ma'lumotlar manbadan olindi va tahrirlandi. 

Comments