Ipak haqida qiziqarli ma'lumot

Ko‘p asrlar davomida Xitoydan tashqarida hech kim ipak ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtira olmagan, chunki xitoylik hokimlar bu sirni hech kim bilmasligi uchun ipak texnologiyasini  qattiq nazorat qilganlar va uni oshkor qilganlar o‘lim jazosiga mahkum etilar edi. Boshqa davlatlarning  hukumatlari bu sirni bilib olish uchun ko‘p  harakat va katta  mablag‘ sarflaganlar.

Boshqalar o'qimoqda: Minorai Kalon haqida qiziqarli faktlar

Xo‘tan (Sharqiy Turkiston) da ipak ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi haqida mashhur rivoyat mavjud. Mahalliy hukmdor ushbu qimmatbaho materialning xomashyosini va uni tayyorlash usulini xech  qo‘lga kirita olmagan ekan . Shunda uning vaziri Yuychi Muning maslahatiga binoan, xukmdor  ayyorlik qiladi va Xitoylik malikaga uylanishga qaror qiladi. Taklif qabul qilingach, Xo‘tan hukmdorining elchisi malikaga uning bo‘lg‘usi  erining   vatanida juda yaxshi nefrit toshlari borligi, ammo afsuski nafis ipakning  yo‘qligi haqida shivirlab, agar u to‘ydan keyin ham shu kabi go‘zal liboslar  kiyishni istasa, o‘zi  bilan ipak qurti tuxumlari va tut daraxti urug‘larini olib kelishini maslahat beradi. Qiz esa kerakli narsalarni Xo‘tanga olib keladi: u ipak qurti g‘altaklarini murakkab soch turmagi ichiga yashiradi, tuxumlarni esa dorivor o‘simliklar solingan xaltalar ichida saqlaydi. Ammo tadbirli  malika  faqat mana shu bilan cheklanib qolmaydi: u "xonadon xizmatchilari" nigohi ostida ipak qurti boqish, tut daraxti yetishtirish va ipak to‘qish bo‘yicha mutaxassislarni ham o‘zi bilan olib ketadi.

Boshqalar o'qimoqda: Xitoy haqida faktlar

Yana bir boshqa  rivoyatga ko‘ra, 550 yilda Vizantiya imperatori Yustinian I ikki fors rohibini Xitoydan ipak qurti tuxumlarini olib kelishga ko‘ndirgan. Rohiblar ularni bo‘sh bambuk tayoq ichiga yashirib, mamlakatdan olib chiqib ketishgan.
Ipakning sirini aslida qanday fosh etilgani va ipak qurti g‘umbagi ( g‘altak, kokon) lari Xitoydan qanday olib chiqilgani noma’lumligicha qolmoqda. Qanday bo‘lmasin, asrlar davomida qattiq muhofaza qilingan sir asta-sekin fosh bo‘lgan .
O‘rta asrlarda ipak ishlab chiqarish Yevropada muhim tarmoqlardan biriga aylandi. XIII asrda Venesiyada, XIV asrda Genuya va Florensiyada, XV asrda Milanda ipakchilik taraqqiy etdi. XVIII asrga kelib, u butun Gʻarbiy Yevropaga keng tarqaldi.
Xozirgi kunda ipak ishlab chiqishda Xitoy, Xindiston, O‘zbekiston kabi mamlakatlar yetakchilik qiladilar.

 

 

Manba

Surat manbasi

Comments