Inson jigari haqida bilishingiz lozim bo'lgan 5ta faktlar

#1. Jigar katta qonli a'zodir!

Jigar

Jigaringiz qanchalik katta ekanligini tahmin qilib ko'rganmisiz?. Agar golf to'pi yoki ananas o'lchami haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, adashasiz! Voyaga yetgan insonda jigarning o'lchami futbol to'pining o'lchamiga tengdir. Tananing o'ng tomonida qovurg'alar ostida joylashgan jigarning o'rtacha og'irligi 1,5 kg bo'lib, uni teridan keyingi ikkinchi eng katta organga aylantiradi. Inson jigari doimiy ravishda tanadagi qonning 10 foizini o'zida saqlab bir daqiqada 1,4 litr qonnin filtrlaydi. 

#2. Jigar tahminan 500 dan ortiq funksiyalarni bajaradi!

Jigar haqida

Biz iste'mol qilgan taomlar bizga qanday qilib energiya berishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Albatta, jigarning bu jarayonda muhim ahamiyati bordir. Biz iste'mol qiladigan uglevodlar, non va kartoshka kabi oziq-ovqatlarda mavjud bo'lib, jigar tomonidan glyukozaga parchalanadi va bu yerda glikogen sifatida saqlanadi. Jigar qonimizdan alkogol kabi toksinlarni olib tashlash uchun filtr vazifasini bajaradi va infektsiyaga qarshi kurashda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, u tananing eski hujayralarini parchalaydi va olib tashlaydi, qon ivishi uchun oqsillarni ishlab chiqaradi va turli vitaminlar va minerallarni saqlaydi. Bizning tanamizdagi yurak, o'pka va buyraklar kabi boshqa ko'plab organlardan farqli o'laroq, olimlar haligacha jigarning barcha funksiyalarini sun'iy ravishda bajara oladigan mashinani o'ylab topishmagan. 

#3 Jigar bu a'zo va bezlardir!

jigar haqida faktlar

Bezlar - bu organizmda ma'lum bir funksiyani bajaradigan moddalarni ishlab chiqarish va ixtisoslashgan hujayralar guruhi. Safro ishlab chiqarish ushbu toifaga kiradi, texnik jihatdan bu funksiyalar jigarni bezga, shuningdek organga aylantiradi.

#4 Jigar miyaning eng yaqin do'stidir!

Jigar haqida malumotlar

Nima deb o'ylaysiz, glyukoza biz uchun nega muhim? Glyukoza bizning miyamiz hujayralari uchun asosiy energiya manbai va usiz bizning miyamiz tezda to'g'ri ishlashni to'xtatadi va buning natijasi ayanchli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bizning tanamizda glyukoza yetishmovchiligi mavjud bo'lgan paytlarda, masalan, ovqatlanish oralig'ida yoki jismoniy mashqlar paytida, jigar o'zida glyukozani zahiralaydi va kerakli o'sha glyukoza ishlatiladi. 

#5. Ba'zi dorilar jigar tomonidan qayta ishlanmasa foydasiz yoki butunlay zaharga aylanadi. 

Jigarning funksiyalari

Jigarsiz siz ichgan og'riq qoldiruvchi vosita hech qanday ta'sir ko'rsatmasligini bilib hayron bo'lishingiz mumkin. Ko'pgina dorilar faol bo'lmagan shaklda qo'llaniladi va ular organizm tomonidan faol, terapevtik shaklga aylantirilishi yoki "metabolizmi" kerak. Ba'zi dorilar, masalan, kimyoterapiya preparatlari, tana to'qimalariga katta zarar yetkazadi va ular mukammal muvozanatli dozada buyurilishi kerak. 

 

Ma'lumot va suratlar manbadan olindi va tarjima qilindi. 

Comments