Banan haqida faktlar
Banan ko'pchilik nonushta, tushlik va kechki ovqatlarni tanovul qilishda yoki boshqa vaqtlarda eng ko'p iste'mol qilinadigan ajoyib mevadir.
Bu mevani ko'pchilik tanovul qilishdan tashqari, turli xil pishiriqlar, muzqaymoqlar va hattoki taomlarga qo'shishni yaxshi ko'rishadi.
Lekin, siz bu mashho'r va ko'pchilik uchun sevimli bo'lgan meva haqida nima bilasiz? Quyida siz uchun bananlar haqida faktlar taqdim etiladi.
1. Banan o'z nomini alumin folgaga o'ralgan holda 10 sentga 1876-yilda Filadelfiyadagi Xalqaro ko'rgazmada sotilganidan keyin oladi.
2. 2011-yilda Kalamuzada F-150 "banan avtomobil" nomli mashina ishlab chiqariladi. Balandligi 3 metr va uzunligi 7 metr bo'lgan bu avtomobil soatiga 136,8 kilometr tezlikni bosib o'ta oladi.
3. Biz iste'mol qiladigan bananning nomi Gros Michel deb nomlanadi.
4. Dunyo bo'ylab bananlarning jami 1000 dan ortiq navlari mavjud va ular 50 guruhga bo'linadilar.
5. Buyuk Britaniyalik Endryu Lourens 2016-yilning 24 aprelida banan kiyimida London marafonida 2 soat 47 daqiqa va 41 sekund yugurib o'tadi.
Olma haqida ajoyib faktlar
6. Banan ilmiy jihatdan rezavor hisoblanadi. Uning rezavorlar guruhiga kiritilishining sababi shuki, rezavorlarning urug'lari meva ichida joylashganligidir.
7. AQShda o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki bananlar insultning oldini oladi. Undan tashqari bu meva yurak hurujini oldini olishga ham sabab bo'lishi mumkin.
8. Maymunlar insonlarga aksi o'laroq bananni teskari tozalaydilar, bu usul mevani ochish uchun qobig'ini tozalashdan oldin tepasini chimchilab, po'stloqni yulib olishdir. Bu bananni tozalashning osonroq va xavfsiz usuli hisoblanadi.
9. Fransuz Mesye Manjet umri davomida 9 tonna metalni iste'mol qilib kelgan, lekin qizig'i shundaki u hattoki bitta bananni hazm qila olmagan. Uning aytishicha, banan uni qayd qildirar ekan.
10. Vudi Allenning 1971-yilda ishlab chiqarilgan "Bananlar" filmi xit filmlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, ishlab chiqarilganidan beri 11,8 million dollar foyda keltirgan.
11. AQShning o'zida bir insonning iste'moliga 33,57 gram banan to'g'ri kelar ekan. Dunyoda bananlarni eng ko'p iste'mol qiladigan insonlar Ugandada yashar ekanlar. Bu davlatninr har bir fuqarosi bir kunda 605 gram banan yeydi.
12. Banan tolalar, kaliy, vitamin B6, vitamin C va turli xil antioksidantlar va fitonutrientlarning sog'lom manbaidir.
Limon haqida 24ta nordon faktlar
13. Banan po'stlog'ining ichidagi moylarni hasharot chaqqanda terida yallig'lanishga qarshi qo'llash mumkin.
14. Yashil bananda juda yuqori hajmda bo'lgan kraxmal mavjud. Bu meva sarg'ayganda mevadagi kraxmal shakarga aylanadi.
15. 2010-yilda amerikalik Ashrit Furman 1 daqiqada ikki qo'li bilan 99 dona sariq bananlarni sindirib, jahon rekordini o'rnatadi.
16. 2012-yilda Illionois shtati fuqarosi 60 sekund ichida 8 ta bananni tozalab yeya olish bo'yicha jahon rekordini o'rnatadi.
17. 473 dona bananni o’z ichiga olgan banan to’plami, el-Yerro orolida, Ispaniya kabana SA va Tecorone SL tomonidan yetishtirilgan.
18. Banan mevasining tarkibi tahminan 75% suvdan iborat. Lekin bu fakt bananni boshqa sog'liq uchun foydali bo'lgan ajoyibotlardan farqlaydi, sababi bodring va turpning tarkibida 96% va 95% suv mavjuddir.
19. Banana (Musa sapientum) yana bir tur banan (Musa paradisiaca) bilan dunyodagi eng ko’p iste’mol qilinadigan meva hisoblanadi. U dunyodagi to’rtinchi eng muhim oziq-ovqat mahsuloti bo’lib don, shakar, qahva va kakaodan keyin xalqaro savdo bo’yicha beshinchi muhim qishloq xo’jaligi mahsulotlari.
20. Sumka yoki poyafzal kabi charm buyumlarni banan po'stlog'ining ichki qismi bilan silliqlash, ishqalash va mato bilan artish mumkin.
21. Fizika bo‘yicha 2014-yilgi Nobel mukofoti bananlar nima uchun sirpanchiq ekanligini aniqlagan olimlarga beriladi. Ma'lum bo'lishicha, gap banan po'stlog'idagi polisakkarid molekulalari haqida ketmoqda, bu modda bo'g'imlarimizda ham mavjud.
Maqola manbasi
Video:
{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/OFKHa9baPnQ.jpg?itok=f1w78XWF","video_url":"https://youtu.be/OFKHa9baPnQ","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}
Comments