Tarvuz po‘stlog‘i: Tarvuz tanlayotganingizda uning po‘stlog‘i qattiq, rangi tiniq, yarqiroq va silliq bo‘lishiga ahamiyat bering. Yaxshi pishgan, shirin tarvuzning po‘stini osongina tirnoq bilan tirnash mumkin.
Chertib ko‘ring: Urib ko‘rsangiz, pishgan tarvuzdan jarangdor ovoz chiqadi.
Quruq band: Tarvuzning «dumcha»si, ya’ni bandi quruqshab turgan bo‘lsa, bu uning pishganini bildiradi.
Vazn: Katta ko‘ringani bilan yengil tuyilgan tarvuzni tanlash kerak. Bu uning sersuv ekanidan darak beradi.
Sariq dog‘: Tarvuzning yerda turgan qismidagi dog‘i sarg‘ish yoki to‘q sariq rangda bo‘lishi kerak. Imkon qadar sariq dog‘i juda katta bo‘lgan tarvuzni tanlamang.
Tarvuzni siqib ko‘rish: Pishgan tarvuzni ikki kaft orasida siqib ko‘rish mumkin, agar siqishning imkoni bo‘lmasa, demak xom.
Manba: u24.uz
Комментарии