ANOR SHARBATI ERKAKLAR JINSIY SALOMATLIGIGA ENG SAMARALI DEB TOPILDI!
Shotlandiya olimlari turli sharbatlarning erkaklar potensiyasiga ta’sirini aniqlash uchun bir qator tajribalar o‘tkazishdi.
Tajribada 21 dan 64 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ishtirok etishdi. Ikki hafta mobaynida ular mevalardan yangi siqilgan sharbatlarni ichishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sof anor sharbati Viagra o‘rnini bosishi va potensiyani sezilarli darajada yaxshilashi mumkin ekan. Anor sharbati tarkibidagi moddalar erkak organizmidagi testosteron darajasini yuksaltirib, natijada jinsiy faollikni orttirar ekan.
6ta foydali ichimlik
Tajriba avvalida erkaklar qonidagi testosteron darajasi taxminan 16% ga teng edi. Ikki haftadan so‘ng esa tajribada qatnashgan barcha ishtirokchilarda testeron ko‘rsatkichi ikki barobarga yuksalgani aniqlandi. Tajriba ishtirokchilari, jinsiy istaklari ortganini his eta boshlaganlarini e’tirof etishdi.
Bundan tashqari erkaklarning boshqa sog‘lik ko‘rsatkichlari, masalan, yaxshi uxlay boshlaganini, behuda asabiylashmay qo‘yganini qayd etib o‘tdi.
Anor po'chog'i foydalari
Comments