Emizikli ayolga tavsiyalar

Emizikli ayolga tavsiyalar. Abu Ali ibn Sino emizikli ayolning suti ko‘p bo‘lishi uchun, eng avvalo, uning asabi tinch bo‘lishi va ko‘p uxlashi kerakligini aytib o‘tgan. Ona qanchalik ko‘p dam olsa, sut kelishi shunchalik yaxshilanadi. 

➖ Sut ko‘payishi uchun emizikli ayollar sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishlari zarur. Faqat yangi sog‘ilgan yoki yaqinda qaynatilgan sut ichishni tavsiya qilmayman. Sutni shirchoy qilib, ichiga yog‘ yoki yong‘oq solib ichish juda foydali. 

➖ Emizishdan 20 daqiqa oldin, albatta, biror-bir suyuqlik ichish zarur. 

➖ Kunda kamida ikki mahal issiq suyuq ovqat iste’mol qilishga odatlanish ham ona sutini ko‘paytiradi. 

➖ Guruchli taomlar, ayniqsa, palov hamda moshli taomlar ona sutini ko‘paytirish xususiyatiga ega.

 

Surat manbasi

Comments