Sayyoramizda hujjatlashtirilgan holatlardan uzoq yashash bo'yicha rekord o'rnatganlardan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi. Janna Kalman 1875-yilda tug'ilib, 1997-yilda vafot etgan va 122 yilu 5 oy, 14 kun yashab rekord o'rnatgan.
Kalman faqat bir marta turmush qurgan va bir bir qiz farzandli bo'lgan. Ota-onasi va erining topishi yaxshi bo'lganligidan Kalman tennis va velosiped haydash bilan shug'ullanib kelgan.
Uning hayotidagi boshqalarnikidan ajralib turgan odatlari:
-
zaytun moyini muntazam iste'mol qilish;
-
shokoladga bo'lgan muhabbat;
-
har kuni bir stakan sharob ichish;
-
sport bilan shug'ullanish
Albatta yuqoridagilar uzoq yashash uchun omil bo'la olmaydi. Alloh taolo kimga qancha umr bergan bo'lsa, shu umrni ko'radi. Fransiyalik uzoq umr ko'rgan ayol Jannaning yana bir nechta zararli odatlari ham bo'lgan. Masalan, u bir kunda 2 ta sigaret chekkan. Foydali odatlaridan biri bo'lsa, u pozitiv kayfiyatda yurishni o'ziga odat qilgan ekan.
Comments