Eng uzun mashina

26-g'ildirakli limuzin uzunligi 30,5 m Burbank, Kaliforniya, AQShda Jey Orberg tomonidan ishlab chiqilgan. Uning ichida tramplin hovuz va "king size" (shohona hajmdagi) suvli to'shak kabi sharoitlar bor. Mazkur mashinani ishlab chiqarishdan maqsad undan kinofilmlar va ekranlarda sahnalarni videoga olishda foydalanish bo'lgan. Gollivud yulduzlarining sevimli transport vositasi bo'lgan bunday elastik limuzinlar yirik avtomobil kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmay balki avtobuslar ishlab chiqaruvchilari tomonidan dunyoga keltiriladi. Qo'shma Shtatlarda hashamatli avtomobil ishlab chiqaruvchi Linkoln avtomobillari bozorning eng katta ulushini egallaydi, lekin Cadillac va Mercedes kabi boshqa brendlar ham mashhur bo'lib, ular ham o'zlarining "uzun" mashinalari bilan nom taratishga harakatdalar.

Comments