Dunyoning eng uzun ko'chasi

Uydan ishga yoki ishdan uyga qarab ketayotganimizda turli ko'chalardan o'tamiz. Biz har bir o'tgan ko'chaning qiziqarli tarixi yoki ma'lumotlari bor. 

Misol sifatida Toronto shahrida joylashgan Yonge Street dunyoning eng uzun ko'chasi deb nom olgan. Ko'chaning uzunligi 1896 kilometrdir. 

Yonge Streetning tarixi Kanadaning bir bo'lagidir. Ilk davrlarda u hindular uchun yo'lak bo'lgan va keyinchalik yevropaliklar uchun xizmat qilgan. Ko'chaning zamonaviy nomi 1793 yilda ser Jords Yang Yonge sharafiga qo'yilgan. 

Hozirda mazkur ko'chada ko'pgina do'konlar, barlar, mehmonxonalar, kafelar, klublar, yirik savdo markazlari, teatrlar va kinoteatrlar mavjud. Agarda Yang Stritga bir kun kelib tashrif buyursangiz albatta bu ko'chada joylashgan Toronto xalq kutubxonasi va Xokkey shon-sharafi Zaliga birov kirib keting. 

Comments