Kubik Rubik yoki Rubikning kubigi bilan bog’liq eng hayratlanarli ginnes rekordlari

Ilk Rubikning Kubigi

Erne Rubik
Foto: https://yablyk.com/940916-vengr-ernyo-rubik-i-ego-legendarnye-izobreteniya-kubik-zmejka-shar-i-chasy/

Rubikning Kubigi yoki Kubik Rubik 1974 yilda arxitektura professori Erne Rubik (Vengriya) Budapeshtda yaratilgan. Bu uning “imkonsiz obyekt” ni qurish maqsadida izlanishlari natijasi bo’ib, mazkur “imkonsiz obyekt” ni Erne o’zining o’quvchilarini qiziqtirish maqsadida yaratgan. Kashfiyotni yaratishi bilan uning muallifi 3 oydan so’nggina uni yechishga muvaffaq bo’lgan! Ilk kubiklar  Bűvös Kocka («Mo’jizaviy kubiklar») degan nom bilan sotuvga chiqib, hozirgi kubiklardan 2 barobar og’irroq bo’lgan. 1980 yildan buyon tahminan 400 million kubik rubiklar sotilgan.

Eng mitti kubik rubik 

Kubik rubik
Foto: https://www.youtube.com/watch?v=vOMtftHaAh8

Bu mitti kubik eniga bor yo’g’i 5,6 mm bo’lib, Toni Fisher (Velikobritaniya) tomonidan yaratilgandir. O’zining kichik o’lchamiga qaramasdan, uni ham kubik rubikni boshqargandek, bemalol boshqarish mumkin. Faqat bir sharti bor, u ham bo’lsa uni boshqarish uchun yoki barmoqlaringizni uchi bilan, yoki maxsus pinsetdan foydalanishingiz lozim. Barmoq uchlari tekkazish orqali osonlikda boshqariladigan mitti kubik matli plastikdan 3D printerida yasalgandir. Mitti kubik 2010 yilning 7 iyunida yakuniga yetkazilib, faqatgina 3 kundan keyin, ya’ni 10 iyunda ommaga ma’lum qilingan.

Eng katta kubik rubik

Gigantskiy rubik

Rubikning eng katta kubiki 2,503 m x 2,505 m x 2,502 m o’lchamida NINA MALL (Xitoy) 2021 yilning 28 martida yetkazilgan. Yirik kubik rubik NINA MALL da bir oy davomida namoyish qilinadi.

Hindistonda kubik rubik bir nafasda, suvning ichida yechilgan

Rubik
Foto: https://www.guinnessworldrecords.com/news/2020/8/rubiks-cubes-solved-underwater-in-one-breath-by-man-in-india-627815

Hindistonning Chennayidan bo’lgan Llayaram Sekar Ллаярам jismoniy chidamlilikni va aqliy qobiliyatni birlashtirib Ginnesning rekordlar Kitobida o’z nomiga ega bo’lish uchun harakat qilgan. U suv ostida 2 daqiqa 17 sekund vaqtni o’tgazib, o’z rekordini bir nafasning o’zida avvalgi rekordchilarni dog’da qoldirib 5 ta kubik rubikni yecha olgan.

Avstraliyalik yigit ko’zi boylangan holatda kubik rubikni tez yechish bo’yicha o’z rekordini o’rnatgan

Rubik kubik
Foto: https://www.guinnessworldrecords.com/news/2019/6/aussie-breaks-record-for-fastest-time-to-solve-a-rubiks-cube-blindfolded-578055

Ko’pchiligimiz uchun kubik rubikni yechish ko’p qiyinchiliklar keltirgani aniq. Leking mana bu suratdagi yigit ko’zi bog’langan holatda bajargan ishi bizni lol qoldirmasdan hech iloji yo’q. Djek Kay kubik rubikni ko’rmasdan, yana uni yuqori tezlikda yecha olish qobiliyati uni Ginnesning rekordlar Kitobida o’z o’rnini qoldirishga imkoniyat yaratdi. Uning g’ayritabiiy rekord vaqti 16,22 sekund bo’lib, bu rekord Koalafication Brisbaneda 2019 yil 6 aprelda avvalgi rekordchidan 0,33 sekundga ilgarilab Djek tomonidan o’rnatilgan.

5 kmga yugurish vaqtida eng ko’p yechilgan kubik rubiklar

Rubik kubik

5 kilometr masofaga yugurish mashqlarida 77 ta kubik boshqotirmalari Nintin Subramanian tomonidan, AQSHning Kaliforniya shtatidagi Monta Vista o’rta maktabida 2019 yil 21 yanvarda amalga oshirilgan.

Ilk marotaba Nitin 2010 yilda kubik boshqotirmani yechgan va tezda kubik bilan shug’ullanib 2014 yilda o’zining ilk musobaqasiga borgan.

Comments