Itlar bilan bog'liq Ginnes rekordlari

Eng qadimgi itlar shousi

Dunyodagi eng qadimiy itlar shousi 1859-yildan beri Buyuk Britaniyada tashkil etilib kelinadi. 2016 yilda ushbu ko'rgazma 200 dan ortiq turli zotlarni ifodalovchi 10 000 dan ortiq itlarnito'rt kun davomida raqobatlashayotganini ko'rsatdi. Ko'rgazmada ishtirok etgan eng kam uchraydigan ingliz zotlari orasida Lakeland Terrier, Cardigan Corgi, Glen of Imaal Terrier va Skye Terrierlar ham ishtirok etgan. 

Barcha davrlarning eng yovvoyi yirik iti 

Eng yirik it
Surat: wikipedia

Eng yirik yovvoyi it Haydenning "suyaklarni maydalaydigan iti" (Epicyon haydeni) bo'lgan. Og'irligi 170 kggacha bo'lganligi taxmin qilingan va u Shimoliy Amerikadagi Miosen davrining o'rtalarida 15,3 million yil davomida mavjud bo'lgan.

Tirik itdagi eng uzun til

eng uzun tilli it

Itning eng uzun tili 18,58 sm bo'lib Karla va Kreyg Rikertga (AQSh) tegishlidir. 

Itlar uchun eng katta tort

itlar torti

Itlar uchun eng katta tort 141,03 kg bo'lib, 2018 yil 28 aprelda Riga (Latviya) shahridagi Dino hayvonot bog'ida tayyorlanga. Tort tadbirda ishtirok etgan barcha itlar tomonidan juda yuqori baholangan.

Eng kalta it

eng kalta it

Bo'yi eng kalta itning o'lchami 2013-yil 21-fevralda 9,65 sm bo'lgan va u Puerto-Rikoning Doradolik Vanesa Semlerga tegishli bo'lgan Bu it Milli ismli urg'ochi chihuahua itidir. 

Eng novcha it

eng baland it

Eng baland it Zevsdir (AQSh). Uning 2011 yil 4 oktyabrda bo'yi 1,118 m bo'lgan. Zevsning vazni 70,30 kg bo'lib u har ikki haftada taxminan 13,6 kg ovqat iste'mol qiladi.

 

Ma'lumotlar manbadan olinib, tarjima qilindi va tahrilrlandi. 

Comments