Xiaomi haqida siz bilmaydigan faktlar
Yillar davomida biz Nokiadan Samsung va iPhone kabi telefonlargacha bo'lgan texnologik dunyo evolyutsiyasining guvohi bo'ldik. Yaqin yillarda esa biz yana bir nom yaralganini guvohi bo'ldik. Xiaomi’ning muvaffaqiyati, avvalambor, hamyonbop narxiga bog‘liqligini inkor eta olmasak-da, uning brendi ham hozirda ko'p shov - shuvlarga sabab bo'lmoqda.
1. Nom
Xiaomi so'zma-so'z tarjima qilinganda tariq va guruch degan ma'noni anglatadi. "Mi" shuningdek, Impossible Mission (filmdan olingan jumla emas!) so'zining qisqartmasi bo'lib, ular yengib o'tilgan imkonsiz to'siqlarni ifodalaydi.
2. Xitoyning "Apple"i
Xitoyning bu kompaniyasining smartfonlari dizaynlari nafisligi, soddaligi va minimalizmi bilan Apple’ga o‘xshaydi. Ha, bu esa Xitoyliklarda xuddi Apple AQSHda bo'lgani kabi Mi telefonlariga qiziqishni uyg'ota olgan. Xuddi Apple o'zining Apple televizoriga ega bo'lgani kabi, Xitoy brendi ham o'zining Xiaomi televizoriga ega.
4. Do'konlar
Xiaomi Xitoy va uning yaqinidagi Singapurdan tashqari dunyoning hech bir qismida bitta ham do'konga ega emas. Aslida, u o'z mahsulotlarini hamma joyda onlayn sotadi. Bu smartfonlarning narxini saqlab qolish uchun qo'shimcha xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
Payg‘ambar s.a.v ni kurinishlari haqida 69 faktlar
5. Reklama
Xiaomi an'anaviy reklama kanallaridan foydalanmaydi. Hattoki bu kompaniyaning smartfonlari boshqa kompaniyaning smartfonlariga o'xshab filmlarda aktyorlar tomonidan reklama qilib ko'rsatilmaydi. Kompaniya o'z mahsulotlarini yuqorida eslatilgan reklama uslublaridan foydalanmagan holda, shunchalik mashhur qila oldi. Bu albatta taqsinga sazovor holat.
6. Ginnesning jahon rekordi
Xiaomi Hindistonda ikki soniya ichida 15 000 dona Mi3 smartfonini sotadi. Ikki soniyada! Bundan tashqari, Xiaomi Mi3 chiqarilgan vaqtda u dunyodagi eng tezkor smartfon hisoblangan. Bundan tashqari Xiaomi 2014 yilda bir kunda 2,1 million dona smartfon sotib Ginnes rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo'ladi.
Qatar haqida siz bilmagan faktlar
7. Google bilan bog'liqlik
Xiaomi’ning to‘qqizta yetakchi hodimlari sobiq Google kompaniyasining hodimlaridir. Qoyilmisiz? Googleda orttirilgan tajriba Xiaomida bu insonlarga qo'l kelgan bo'lsa ajab emas.
8. Kamera texnologiyasi
Taxminlarga ko'ra, Xiaomi kameralarida sizni yanada jozibali qilish uchun o'rnatilgan maxsus texnologiya mavjud. Selfiga tushayotgan odam bu kameralarning boshqa smartfonlardagi kameralar bilan farqli ekanligini payqab olishi mumkin.
9. Markaziy ofis
Xiaomining markaziy ofisi Xitoyda emas balki Singapurda joylashganligini bilarmidingiz? Singapur davlati tanlanishiga asosiy sabab, bu davlatdagi rivojlangan texnologik bozorning mavjudligi va Xiaomi smartfonlari sotilishi uchun bu bozor muhim ekanligi bo'lsa kerak.
10. Logotip
Xiaomi logotipida yashirin so'z borligi haqida bilarmidingiz? Xiaomi logotipini teskari aylantirsangiz, bu sirli so'zni topishingiz mumkin. Tahminan, u xitoycha "心" belgisiga o'xshaydi va ingliz tilida "yurak"degan ma'noni anglatadi.
Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi
Comments