Olimpiada o’yinlari haqida 23 ta fakt

Dunyo bo’ylab har 4 yilda yer sharida yashayotgan insonlarning asosiy qismi sport o’yinlarini vatanparvarlik hissi bilan tomosha qilib jumbushga kelishining siri nimada? Hech shubha yo’qki, buning sababi 5 xalqali olimpiada o’yinlaridir!

Eng zo’r sportchilarni o’zida jam qilgan dunyo jamoalari tezkor suzishdan uzoq masofali yugurishgacha bo’lgan eng og’ir va mashaqqatli sport musobaqalarida bellashadilar.

Ushbu bellashuvlarda eng yuqori cho’qqilarni egallagan g’oliblar o’z ko’kraklariga oltin, kumush va bronza medallar taqilganda quvonchdan o’zlariga joy topa olmay qolganlarini ko’p bora televizorda ko’rganmiz.

Siz uchun quyida olimpiada o’yinlari haqida 30 ta qiziqarli faktlarni taqdim qilmoqchimiz:

#1. Ilk o’yinlar diniy festival sifatida eramizdan avval 776 yildan 393 yilgacha nishonlanib kelingan. Eramizdan avval 393 yilga kelib mazkur o’yinlar dinsizlik festivali sifatida qonunga xilof deb topilib to’xtatilgan. Baron Pierre De Coubertin o’yinlarni qayta “tiriltirib” 1894 yilda zamonaviy Olimpiada o’yinlariga asos soldi.

#2. 1924-yilda Fransiyaning Chamonix shahrida birinchi qishki o’yinlar bo’lib o’tdi.

#3. 1912 yil esa to’liq oltindan ishlangan medallar uchun so’nggi yil bo’ldi.

#4. Spyros Samaras Olimpiada madhiyasini yozgan bo’lsa, Kostis Palamas so’zlarini qo’shgan. 

#5. Olimpiya halqalari dunyoning 5 asosiy mintaqalarini bildiradi; Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya. Ko’k, sariq, qora, yashil va qizil ranglar esa yer yuzidagi davlatlarning bayrog’i rangini anglatadi. 

#6. AQSHlik James B. Connolly birinchi bo’lib 1896 yilda zamonaviy Olimpiada o’yinlari chempioni unvonini qo’lga kiritadi. Jamesni mashhur qilgan Olimpiada o’yini sakrash, qadam tashlash va sakrash bo’lgan.

#7. Olimpiada o’yinlariga mezbon bo’lgan shahar medallarni dizayni bilan shug’ullanadi. Har bir medal kamida 60 mm diametrda va 3 mm qalinlikda bo’lishi lozim. Oltin medallar 6 gram oltin va kumush medallar 92.5% kumushdan tashkil topgan bo’lishi kerak.

#8. Ochilish marosimida jarayon yunonlar tomonidan olib borilib mezbon mamlakat tomonidan alifbo tartibida o’sha mamlakatning tilida yakunlanadi.

#9. Xalqaro Olimpiada Qo’mitasi o’yinlarni tashkillashtirishda davlatga emas shaharga imtiyozi beradi.

#10. Xalqaro Olimpiada Qo’mitasi a’zolari o’zlarining davlatlarida XOQning diplomatlari hisoblanadi. Bu holat esa XOQni mustaqil tashkilot ekanligini anglatadi.

#11. AQSHning CBS telekanali birinchi bo’lib 1969 yilda Rimda bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlarini televideniye orqali ko’rsatgan.

#12. Qadimdagi Olimpiada o’yinlariga zaytun gulchambarlari berilgan.

#13. Oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlash 1904 yildan boshlangan.

#14. 1904 St Louis,1932/1984 Los Angeles va Atlanta 1996 yildagi o’yinlardan bilsa bo’ladiki, AQSH Olimpiada o’yinlariga eng ko’p marta mezbonlik qilgan davlat hisoblanadi.

#15. London Olimpiada o’yinlarini 3 marta – 1908, 1948 va 2012 o’tkazish bo’yicha rekord o’rnatga yagona shahar hisoblanadi.

#16. 1916, 1940 yoki 1944-yillarda Jahon urushlari tufayli Olimpiada o’yinlarini o’tkazish to’xtatilib turilgan.

#17. 1979-yilda SSSR Afg’onistonga o’z askarlarini olib kirgandan so’ng, Moskva Olimpiadasida 66 ta davlat o’yinlarga boykot bergan.

#18. Har 2 yilda Olimpiada mash’alasi Gretsiyaning Olimpiasida yoqiladi va keyingina mezbonlik qilayotgan davlatning shaharlarida namoyish qilinib, Olimpiya qozonini yoqish uchun ochilish marosimida ishlatiladi.

#19. 1900-yilda bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlari ochilish marosimida jonli kabutarlardan foydalanilgan.

#20. 1921 yilda zamonaviy o’yinlar asoschisi Pierre de Coubertin Olimpiada o’yinlari shiori sifatida “Citius, Altius, Fortius (“Tezroq, Balandroq, Kuchliroq”)” iborasini ilk marta ishlatgan.

#21. 1920-yilgi o’yinlarda Olimpiyada bayrog’i birinchi marta havoga uchirildi.

#22. 1896-yilda futbol o’yini o’ynalishi kerak bo’lgan vaqtda, o’yinlarda qatnashish uchun hech qanday futbol jamoasi bo’lmagan.

#23. London Olimpiada o’yinlarida 1908 yilda ilk ochilish marosimi bo’lib o’tgan.

Comments