Mushuklar haqida top 11 fakt

1. Mushuklar o'z bo'yidan 6 barobar balandlikkacha sakray olishadi. 

Mushuklar juda yaxshi sakrashadi va ular juda baland sakrashlari mumkin. Bu yoqimtoy jonivorlarning oyoqlarida juda kuchli mushaklar bor va bu mushaklar yordamida ular bemalol balandlikka sakray olishadi. 

sakrayotgan mushuk

Kofe haqida tetiklashtiruvchi faktlar

2. Mushuklarda jami 16 ta barmoqlar bor.

Mushuklarning old panjalarining har birida beshtadan barmoqlar bor. Orqa panjalarida to'rttadan barmoqlar bor.

mushuklar
foto: https://www.halifaxvethospital.com/does-your-feline-have-extra-toes-the-history-behind-polydactyl-cats/

3. Dunyo bo'yicha 500 milliondan ortiq mushuklar uy hayvonlari sifatida boqiladi. 

Raqamning bunday kattaligiga sabab, mushuklar eng mashhur uy hayvonlari sanaladi. "PDSA" (Hayvonlarni himoya qilish tashkiloti deb tahmin qilindi) ma'lumotlariga qaraganda, Buyuk Britaniyaning o'zida 51% insonlar o'z uylarida mushuk boqadilar.

6ta foydali ichimlik 

4. Mushuklar bir kunda taxminan 13-16 soat uxlaydilar.  

Mushuklar juda ham ko'p vaqtini uyquda o'tkazishlarini ko'rib, hech hayron qolganmisiz? Aslida mushuklar hayotlarining 70% uyquda o'tkazadilar. Uhlashlaridan maqsad esa quvvatlarini tejashdir. Yovvoyi tabiatda ular oziq-ovqat uchun borish va ov qilish uchun energiyani tejashadi. Uy mushuklari buni qilishlari shart emas, lekin uyqu ularda tabiiy ravishda paydo bo'ladi. 

5. Uy mushuklarining eng yirik zotlaridan biri bu meyn-kundir. 

Meyn-kun uy mushuklarining eng yirik zotlaridan biri hisoblanib u Ginnesning Rekordlar kitobiga eng uzun uy mushugi sifatida kirgan. Bu zotning yaqqol a'zosi Barivel (uzunligi 120 sm) Italiyada yashaydi. 

6. Eng kichik mushuk zoti esa Singapuradir.

Bu zot Singapurda yashaydi. Bu turdagi mushuklar shunchalik kichikki, ular odatdagi uy mushugining yarmiga teng.

uyquchi mushuk
foto: https://www.comfortzone.com/behavior-blog/cat-behavior/how-much-do-cats-sleep

7. Mushuk soatiga 48 kilometrgacha yugurishi mumkin.

Huddi shunday, mushuklar yaxshigina tezligda yugura oladilar, misol uchun bu tezlikda (soatiga 48 kilometrgacha) avtomobillar odatdagi yo'llardada yuradilar. 

8. Eng keksa mushuk 38 yoshda bo'lgan.

Bu mushukning ismi Uni Creme Puff bo'lgan. Aslini olganda, ko'pgina uy mushuklari 16-17 yil yashaydilar.

Tabiat haqida qiziqarli faktlar

9. Mushuklarning eng muhim a'zosi bu ularning muylablaridir. 

Mushuklar o'zlarining mo'ylovlaridan qaysi kichik joylarga sig'ishlarini aniqlash uchun, atrofdagi dunyoni "his qilish" uchun foydalanadilar. Mushukning mo'ylablari kengligi odatda uning tanasi kengligi o'lchovida bo'ladi. Shuning uchun zinhor ularning mo'ylablarini kesmang. 

uy mushugi
foto: https://www.helpguide.org/articles/healthy-living/joys-of-owning-a-cat.htm

10. Mushuklarning suyaklari insonlarnikiga qaraganda ko'proqdir. 

Mushuklar 230 ta suyakka ega, odamlarda esa atigi 206 ta suyak bor.

11. Mushuklar uchun chiroyli ismlar.

Maysa (nafis)

Basel (qo’rqmas)

Alina (go’zal, yorug’lik)

Laila (tun, zulmat, chiroyli)

Mazz (mard, dovyurak)

Muizza (ulug’langan)

Zahara (nur)

Nora (sharafli)

Hasna (go’zal)

 

Foto manba

Manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi

Comments