Minorai Kalonning bir necha nomlari bor. Katta minora, Arslonxon minorasi. Bu joy Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi.
# Minorai Kalon Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining bir qismidir. Eski Buxoroning eng baland inshooti hisoblanib, balandligi 47.5 metr.
# Rossiya imperiyasining hujumi natijasida Minorai Kalonga 26 ta bomba borib tekkan lekin qulab tushmagan. 1920-yil Frunze boshchiligidagi qizil armiya bosqini natijasida Minorai Kalon qattiq shikastlangan. Hozirgi kunda shikastlangan joylarining minorada izlari mavjud.
# Mazkur inshoot meʼmor Usta Baqo loyihasi asosasida qoraxoniy hukmdor Arslonxon topshirigʻiga binoan 1127-yilda bunyod etilgan.
# Bu minora Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Boshqalar o'qimoqda: Urgut tog'larining betakror go'zalligi
# Minorayi kalonda jami koʻtarilish uchun zinalar soni 105 ta boʻlgan.
# Mazkur minora oʻrnida avval ham minora boʻlgan. Eski minora qulab tushgach uning oʻrniga mustahkam qilib Arslonxon minorasi qurilgan.
# Minorai Kalon poydevori oʻlkashunos S. N. Yurenov tomonidan 1950-yillarda ochib oʻrganilgan ammo u sizot suv chiqayotganligi sababli shaharning qadimiy qatlamiga yetib bora olmagan
# Minorai Kalon yer sathidan 10 m chuqur, balandligi 47,5m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan.
# Minora 900 yildan buyon oʻzining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Minorai Kalon belboʻgʻida 20 dan ortiq naqshinkor xalqalar mavjud.
Boshqalar o'qishmoqda: Fransiya haqida qiziqarli faktlar
# Minorai Kalonning asosiy vazifalaridan biri musulmonlarni azon aytib namozga chaqirishdan iborat boʻlgan.
# Oʻz vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish va din ishlari, xususan, aholini Poyi Kalon masjidiga bayram namozlariga va juma namozlarga chaqirish uchun xizmat qilgan.
# Baʼzi manbalarda Buxoro amirligi davrida bu yer tomoshaviy qatl joyi boʻlgan degan farazlar ham uchraydi.
# Bu ulugʻ inshoot bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va alebastr qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan usta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan.
# Muhandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Muhammad 1127-yilda qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan.
Boshqalar o'qishmoqda: Jizzax tarixi haqida Top 16 qiziqarli ma’lumotlar
# Yaqin oʻtmishda ya'ni 1924-yil Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan. 1960-yil Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan. 1997-yil Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi. Minorai Kalon Buxoro shahrining noyob va koʻhna yodgorliklari qatoridan asosiy oʻrin egallagan.
Foto manbasi
Ma'lumotlar o'zbek tilidagi wikipediadan olindi va ayrimlari tahrirlandi.
Comments