1. Bir gektar kanabis 25 gektar o‘rmon kabi kislorod ishlab chiqaradi.
2. Bir gektar kanabisdan 4 gektar yog‘ochdan qancha qog‘oz ishlab chilsa shuncha qog‘oz ishlab chiqarish mumkin.
Inson tanasi haqidagi eng g'alati 16 ta fakt
3. Kanabisdan ishlab chiqarilgan qog‘oz 8 marta qayta ishlab qog‘oz qilish mumkin bo‘lsa, yog‘ochdan olinganidan esa 3 marta qayta qog‘oz qilish mumkin. Kanabis qog‘ozi eng yaxshi va chidamli qog‘ozdir.
4. Kanibis 4 oyda, daraxt esa 20-50 yilda o‘sib yetiladi.
5. Kanabis gullari haqiqiy radiasiya tuzog‘idir. Kanabis plantasiyalari havoni tozalaydi.
6. Kanabisni dunyoning istalgan nuqtasida yetishtirish mumkin, unga juda oz suv kerak.
Yong‘oqning qanday foydalari bor?
Bundan tashqari, u o‘zini hasharotlar zararkunandalaridan himoya qilishga qodir bo‘lgani uchun unga pestisidlar kerak emas.
7. Kanabis tolasi to‘qimachilik sanoatida o‘z xususiyatlariga ko‘ra hatto zig‘ir tolasidan ham ustundir.
8. Kanabisdan - arqon, korton, sumkalar, poyabzal, shlyapalar ishlab chiqarish uchun ideal o‘simlikdir.
9. Kanabis ko‘p mamlakatlarda taqiqlangan. Ammo texnik kanabis tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud emas.
10. Kanabis urug‘ining oqsil qiymati juda yuqori va undagi ikki xil yog‘ kislotasi tabiatda boshqa o‘simliklarda uchramaydi.
11. Soya yetishtirishga qaraganda kanabis yetishtirish ancha arzonga tushadi.
12. Kanabis poyasi bilan boqilgan hayvonlar gormonal yordamga muhtoj emas.
13. Barcha plastik mahsulotlar kanabisdan tayyorlanishi mumkin va Kenevir plastmassasi ekologik toza va butunlay biologik parchalanadi.
14. Agar avtomobil kuzovi kanabis asosidagi kompozit materialdan yasalsa, u po‘latdan 10 baravar mustahkamroq bo‘ladi.
15. Kanabis binolarni issiqlik izolasiyasi uchun ham ishlatilishi mumkin, u bardoshli, arzon va moslashuvchan.
Argentina haqida qiziqarli ma'lumotlar
16. Kanabisdan tayyorlangan sovun va kosmetika suvni ifloslantirmaydi, shuning uchun u butunlay ekologik toza.
Ma'lumotlar facebook ijtimoiy tarmog'i ochiq manbalaridan olindi.
Surat manba
Qatar haqida siz bilmagan faktlar
Comments