1. Ko'zlaringiz daqiqada 20 marta pirpirashini bilarmidingiz? Bu esa bir yilda o'n million martadan ortiq degani!
2. Inson qulog'i o'sishdan to'xtamasligi haqida bilarmidingiz?
3. Til 8000 ga yaqin ta'm kurtaklari bilan qoplangan bo'lib, ularning har biri ovqatni tatib ko'rishga yordam beradigan 100 tagacha hujayradan iborat!
Yong‘oqning qanday foydalari bor?
4. Siz hayotingiz davomida taxminan 40 000 litr tupuk tupurasiz. Boshqacha qilib aytganda sizdan chiqqan tupuk bilan 500 ta vannani to'ldirsa bo'ladi.
5. Inson burnida har kuni taxminan bir stakan shilliq modda ishlab chiqiladi.
6. Agar siz kuniga 12 soat piyoda yursangiz, siz bemalol 690 kunda yer yuzini aylanib chiqa olishingiz mumkin.
7. Hech qachon charchamaydigan yagona mushak bu yurakdir.
8. Terining butun yuzasi har oyda almashib, hayotimiz davomida 1000 ga yaqin teri qatlamiga ega bo'lamiz.
9. Tanada 2,5 million ter teshikchalari mavjuddir.
Nimaga ko‘z uchadi?
10. Har daqiqada siz 30 000 dan ortiq o'lik hujayralarni to'kib tashlaysiz.
11. Agar siz 70 yoshgacha yashasangiz, yuragingiz taxminan 2,5 milliard marta uradi!
12. Ko'pchilik insonlar umri davomida o'rtacha bir yilni hojatxonada o'tirish bilan o'tkazadi.
13. Inson tanasi ko'z ko'rish uchun juda zaif bo'lgan oz miqdorda yorug'lik chiqaradi.
Nimaga insonlar yigʻlashadi?
14. Odamning qorin bo'shlig'ida o'rtacha 67 xil turdagi bakteriyalar mavjud.
15. Siz har yili taxminan 4 kg teri hujayralarini yo'qotasiz.
16. Chaqaloqlar kamida bir oylik bo'lgunga qadar ko'z yoshlarini to'kmaydilar.
Ma'lumotlar quyidagi manbalardan tarjima qilindi va tahrirlandi:
Video:
{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/7wUFL_JmGYs.jpg?itok=yuZ4Quhr","video_url":"https://youtu.be/7wUFL_JmGYs","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}
Comments