Abdulla Qodiriy haqida savollar:
- Abdulla Qodiriy qaysi sanada tug'ilgan?
- Abdulla Qodiriy qayerda tug'ilgan?
- Abdulla Qodiriyning qanday taxalluslari bor?
- Qodiriyn qanday joylarda ishlagan?
- Qodiriyni qanday asarlari bor?
- Qodiriyning qaysi gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan?
- Qodiriyning ilk asari qanday nomlanadi?
- Abdulla Qodiriy qayerda o'qigan?
- O'tgan kunlar romani qachon yozilgan?
- Mehrobdan chayon romani qachon yozilgan?
- Qodiriy nega qamalgan?
- Qodiriy nega otilgan?
Boshqalar o'qimoqda: Abdulla Avloniy haqida faktlar
Savollarga javoblarni quyidagi faktlardan topishingiz mumkin:
# 20 asr o'zbek milliy adabiyotining yirik namoyondalaridan biri romannavis Abdulla Qodiriy 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahrining Eshonguzar mahallasida tavallud topgan.
# Abdulla Qodiriyning asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy bo'lib u o'zbek romanchiligining asoschisi hisoblanadi.
# Abdulla Qodiriy bir necha kasblarda ishlagan: savdogarlarga kotib va gumashta, Eski shahar ozuqa qo'mitasining sarkotibi, Oziq ishlari gazetasiga muharrir, Kasabalar sho'rosining sarkotibi, Mushtum jurnalining tashkilotchilaridan biri va tahrir hay'ati a'zosi ham bo'lgan.
# Qodiriyning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlanib, u dastlab "Ahvolimiz", "Millatimga", "To'y", "Fikr istag'il" kabi she'rlari "Sadoi Turkiston" gazetasida va "Oyina" jurnallarida bosilgan.
# Abdulla Qodiriy dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida e'lon qilgan. Taxalluslar ichida eng mashhur bu Julqunboydir.
Boshqalar o'qimoqda: Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida faktlar
# Adib 1924-yilda Moskvada jurnalistlar institutida tahsil oladi. Yurtiga qaytganidan so'ng esa "Mushtum" jurnalida shtatsiz muxbir bo'lib ishlaydi. Adibning "Toshpo'lat tajang nima deydi?" va "Kalvak mahzumning xotira daftaridan" kabi hajviy hikoyalari "Mushtum" jurnalida ilk bor bosiladi.
# Qodiriy o'zining mashhur "O'tgan kunlar" romani uchun materiallarni yig'ishni 1917-1918 yillarda boshlaydi.
# 1925-1926 yillarda "O'tgan kunlar" uch bo'lim holida kitob bo'lib nashr etildi. 1928 yili yozuvchining ikkinchi tarixiy romani -"Mehrobdan chayon" dunyo yuzini ko'rdi. O'zining ikki romanida adib xalqning milliy mustamlaka zulmidan ozod bo'lish haqida orzu-umidlarini ifoda qiladi.
# Qodiriy 1926 yilda "Mushtum" jurnalida bosilgan "Yig'indi gaplar" maqolasi sababli qisqa muddatga qamaladi. 1937 yil 31 dekabrida esa "xalq dushmani" sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktabrda Toshkentda otib tashlanadi.
Boshqalar o'qimoqda: Abdulla Oripov haqida faktlar
Materialni tayyorlashda ma'lumotlar quyidagi manbalardan foydalanildi:
1 manba Youtube
2 manba O'zbek tilidagi wikipedia
Comments