Nemis ovcharkasi to’g’risidagi 10 ta fakt

Nemis ovcharkasi – itlarning butun dunyodagi eng keng tarqalgan turlaridan biri. U juda tez o’rganuvchan, shuning uchun ham undan politsiyada va armiyada hizmatchi it sifatida foydalaniladi.

Ovcharkalar oila davrasida ham o’zlarini o’z uyidagidek his qiladi, ular juda do’stona va bolalar bilan juda yaxshi chiqishadi. Shu bilan birga bu tur - eng yosh turlardan biri, nemis ovcharkalari paydo bo’lganiga atigi yuz yildan sal ortiqroq vaqt o’tdi, xolos.

Nemis ovcharkasi– sun’iy yetishtirilgan tur. Ovcharkalarning ajdodlari hozirgi Skandinaviya va Rossiyaning shimoliy sharqida istiqomat qilgan. Ularning qonida bo’rilarning ham qoni oqqan. Nemis ovcharkalari turining ilk namoyandasi Grayf laqabli it Germaniyaning Gannover shahrida 1882 yilda taqdim etilgan. Ularni yetishtirish bilan rotmistr Maksom fon Shtefanits boshchilik qilgan nemis ovcharkalarining ishqibozlari Klubi shug’ullangan. 1923 yilga kelib dunyo bo’ylab ushbu turning yetishtiruvchilari soni 27 mingdan oshgan.

ovcharka

Ovcharkalardan podachi itlar sifatida foydalanishgan. Dastlabda ovcharkalar podani qo’riqlash uchun yetishtirilgan. Ular o’z vazifalarini a’lo darajada bajara olgan. Bu borasida ularga teng keladigan yo’q. Masalan, podaning kayfiyatini aynitayotgan qo’yni cho’pon o’zi aniqlay olmasa ham, ovcharka “isyonkor” qo’chqor yok itakani birpasda aniqlab, o’zining “bir-ikki shiringina pand-nasihatlari” bilan darrov tartibda chaqirib qo’ya oladi. Ayniqsa, Avstraliya va Yangi Zellandiyada buni juda yaxshi bilishadi. Ammo hayot doim inson faoliyatiga o’zining to’g’rilashlarini kiritadi– Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida ovcharkalar frontda mislsiz yordamchi dastyorlar bo’lib qolgan.

Ovcharkalar urushda. Itlar sanitarlar (ular yaralangan askarlarning oldiga dori moddalar solingan sumkalarni yetkazib bergan), aloqachilar, xat-xabar eltib beruvchi va xatto sapyorlar sifatida hizmat qilgan. Buyuk Britaniya qo’shinlarida xizmat qilgan O’qchi Xon nemis ovcharkasi dunyoga mashhur bo’lib ketgan – it o’z egasini u o’qqa tutilib qolib qattiq yaralanganidan keyin suvdan chiqarib qattiq tuproqli yerga chiqib olishiga yordam bergan. Xon jasurligi uchun o’limidan keyin Mariya Dikin medali bilan taqdirlangan.

Nemis ovcharkalarini gohida elzas ovcharkalari ham deb atashadi. Turni “Qayta nomlash” Ikkinchi jahon urushi tugab, “nemis” so’zi faqat yoqimsiz hotira va taasurotlar uyg’ota boshlaganidan keyin sodir bo’lgan. Biroq yangi nomlanish uzoqqa bormadi.

Nemis ovcharkasi eng aqlli it turlarining uchligiga kiradi. Bunday reyting Kanadaning Vankuver shahridagi Britaniya Kolumbiyasi universitetining ruhshunoslik professori Stenli Koren tomonidan tuzilgan.U yangi buyruqni anglash qobiliyatini (besh marta qaytarishdan kamroq) va buyruqni birinchi marta berishidayoq bajarilishini (95 foiz va undan yuqori) baholagan. Bu ko’rsatkichlar bo’yicha ovcharkalardan faqat border-kolli va pudel o’tib tushgan. Reytingdagi oxirgi o’rinni afg’on tozi iti egallagan –unga yangi buyruqni 80-100 marta qaytarish kerak bo’lgan.

Ovcharkalar yangi egalariga tez o’rganadi. Itlarning ko’pchiligi bitta xo’jayinga bog’lanib qoladi va undan ajralishni juda og’ir boshidan kechiradi. Biroq ovcharkalarga buning umuman daxli yo’q. Ular yangi odamga juda katta qiziqish hamda do’stona munosabat bilan yondoshadi va hamkorlikka oson kirishib ketadi.  Bu xususiyat politsiyachi itlar uchun juda muhim, chunki ular navbatchilikka har xil hodimlar bilan boradi.

Ovcharkaning tishlash kuchi 100 kilogrammdan oshadi. Ovcharkalarning jag’lari juda kuchli va o’ta rivojlangan. Tishlash kuchi bo’yicha ulardan itlarning faqat ayrim turlari o’tib tushishi mumkin. Masalan, rotveyler bilan pitbul.

Ovcharkalar boshqa hayvonlarning bolalarini “asrab olib, tarbiyalashi” mumkin. Ovcharkalar tashlab ketilgan sher bolalarini “asrab olib”, ularni boqib katta qilgan bir necha hodisalar ma’lum.

Ovcharkalarga qo’yilgan haykallar. Rossiyaning Tolyatti shahrida o’z egalarini kutib o’tirgan it shaklidagi haykal mavjud. “Sodiqlik” deb nomlangan ushbu kompozitsiya uchun model bo’lib aynan nemis ovcharkasi xizmat qilgan. Kanadada xizmat paytida halok bo’lgan 32 nafar politsiyachi itlar hotirasiga yodgorlik majmuasi o’rnatilgan.

Ovcharkalar –aktyorlar.

Nemis ovcharkalari nafaqat hayvon o’rgatuvchilari va kinologlarning balki kino rejissyorlarining ham buyruqlarini a’lo darajada bajara oladi. Ushbu turdagi itlar o’tgan asrning 60-yillaridagi Polshalik kinochilar tomonidan olingan “Sivil laqabli it sarguzashtlari”, 70-yillardagi “To’rt tankchi va it” ko’p seriyali badiy filmlarida, “Yonimga, Muxtar” sovet badiiy filmida, Avstriyaning “Komissar Reks” televizion serialidagi markaziy qahramoni sifatida namoyon bo’ladi.

 

ovcharka

Комментарии