2-jahon urushi haqida faktlar

2-jahon urushi haqida savollar:

  • 2-jahon urushi qachon boshlangan? 
  • 2-jahon urushi qanday qilib boshlangan?
  • 2-jahon urushida qaysi davlatlar ishtirok etgan?
  • 2-jahon urushida qancha odamlar vafot etgan?
  • 2-jahon urushida qaysi davlatlar qatnashmagan? 
  • 2-jahon urushida qanday qurollar ishlatilgan?

# 2-jahon urushi 1945 yil 2 sentyabrda tugagan.

# 2-jahon urushi 6 yilu 1 kun davom etgan.

# Urush Germaniya Polshaga bostirib kirishi bilan boshlandi. 

# Urush davomida Germaniyani natsistlar partiyasi rahbari Adolf Gitler boshqargan. 

# Taxminlarga ko'ra, bu urushda 55 million kishi halok bo'lgan.

# Ko'pchilik ayollar uyda o'tirib, fabrikalarda jang qilish uchun borganlarida erkaklar ishini o'z zimmalariga olishgan.

# Har ikki tomon janglarda zaharli gaz ishlatgan.

# Ispaniya va Shveytsariya kabi ba'zi davlatlar neytral bo'lib, urushga qo'shilmadi.

# 2-jahon urushi 1-sentyabr 1939 yildan boshlab 2-sentyabr 1945 yilgacha davom etgan bo’lib XX asrda sodir boʻlgan jahon tarixidagi eng yirik urush hisoblanadi.

# 1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga kutilmaganda hujum boshlaydi. Aynan shu vaqtdan boshlab tarix notog’ri yozilib SSSR II jahon urushining faqat 1941-1945 davrini oladi. 

2 jahon urushi haqida
foto: https://www.express.co.uk/latest/world-war-2

# 1941-yil 7-dekabrda Yaponiya kutilmaganda Pyorl Harborga hujum qilib Buyuk Britaniya va AQShga qarshi urushni boshlab yuboradi. 8-dekabrda AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar Yaponiyaga, 11-dekabrda esa Germaniya va Italiyaga qarshi urush eʼlon qiladi.

# 1941-yil oxiri — 1942-yil boshida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstraliyaga tahdid sola boshlaydi. 

Yaponiya 2 jahon urushi
foto: https://in.pinterest.com/pin/map-of-japanese-empire-at-its-peak-in-1942--5840674488607207/

# 1942-yil 1-yanvarda Vashingtonda 26 davlat ishtirokida fashizmga qarshi kurashuvchi davlatlarning harbiy ittifoqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942-yil 26-mayda SSSR va Buyuk Britaniya oʻrtasida fashistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarshi urushda ittifoqchi boʻlish va urushdan keyin oʻzaro yordam va hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolanadi. 

# 1942-yil yoziga kelib antigitlerchi davlatlar soni yanada ortdi. 1-iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22-avgustda Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14-dekabrda Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Sharqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12-mart), Filippin orollarini (9-iyun) qoʻlga kiritadi.

# Sovet qoʻshinlari urushning 2-davri (1942-yil noyabr — 1943-yil oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm gʻalabalari natijasida Germaniya qoʻshinlari qoʻmondonligi strategik tashabbusni butunlay qoʻldan chiqaradi.

# 1941-yil 30-iyunda Davlat mudofaa qoʻmitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I. V. Stalin 8-avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavozimini egalladi. Urushning dastlabki kunlari mamlakatning barcha iqtisodiymaʼnaviy kuchlarini zudlik bilan mudofaa manfaatlariga boʻysundirish, xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi xususida qarorlar, koʻrsatmalar qabul qilindi.

# Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari nihoyatda qisqa muddatda ishga tushiriladi. Masalan, 1941-yil dekabrda evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942-yil 1-yanvarda esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshlaydi. Korxonalarni ishga tushirishga shaharda yashayoytganlardan tashqari tahminan 500 ming kolxozchi dehqonlar jalb qilingan. 

2 jahon urushi zavodlar
foto: https://uzts.uz/ru/ko-dnyu-pobedy-9-maya/

# Oʻzbekistonda urush yillarida jami 280 ta yangi korxona barpo etiladi. Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 taminomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 million radio lampa, 330 mingga parashut, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 ta Koʻchma oshxona va koʻpgina harbiy anjomlar yetkazib beradi.

# SSSR boʻyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 million kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 million kishi halok boʻlgan. Urushdan keyin omon qolgan asrlar soni 1 milliondan sal koʻproq edi. Ulardan 60 % dan koʻprogʻi GULAG qamoqxonalariga tashlandi.

O'zbek mahbuslari
Foto: https://www.bbc.com/news/magazine-39849088

# Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.

 

Ma'lumotlarni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:

O'zbek tilidagi wikipedia

www.twinkl.com

www.funkidslive.com

Комментарии