Buyrakni zararlovchi odatlar. Vujudimizdagi loviyasimon bir juft buyraklarimiz qonni filtrlaydi, moddalar almashishi natijasida hosil bo’ladigan zararli mahsulotlarni organizmdan tashqariga chiqarib tashlashlikni ta’minlaydi. Badanimizni kislota-ishqor muvozonatini saqlaydi, suyuqlik elektrolitlar muvozanatini tartibga soladi, qon bosimi va qon hajmini tog’rilaydi, gormon va enzimlar ishlab chiqadi. Shu darajada muhim bo’lgan a’zoni zararlanishi albatta umumiy sog’lig’imizga ham ta’sir qiladi. Kundalik hayotimizdagi qaysi odatlarimiz buyraklarimizi zararlashini quyida qisqa qisqa to’htalib o’tamiz…
🔹Juda ko’p protein qabul qilish
Protein ko’p iste’mol qilishlik organizmda azot (N) mahsulotlari ayniqsa ammiak(NH3)ni miqdorini ortishiga sabab bo’ladi buyrak buni neytralashga harakat qiladi ma’lum muddatdan keyin kuchi kamayib asta sekin kasalliklar kelib chiqadi.
🔹Tuz
Tuz, buyrak yetishmovchiligini kelib chiqishiga sabab bo’ladigan eng birinchi mahsulotdir lekin normada elektrolit, suv, qon bosimni normallashtirish uchun kerak bo’ladi, ko’p miqdorda iste’mol qilishlik esa aksincha ta’sir qiladi. Inson organizmini kunlik tuz ehtiyoji 6gr atrofida xolos.
🔹Degidratatsiya (juda ko’p suv yoqotilishi)
Degidratatsiya holati, suvsizlikda buyrak vazifasini bajarishni to’htatadi. Buyraklar o’z vazifasini bajarishi uchun suvga ehtiyoji bor. Buning uchun har bir kilogram vaznimiz uchun 30ml suv ichishimiz kerak degani yani ortacha 70kg atrofidagi kishi 2litr, 10 bordoh (stakan) suv ichishi kerak degani. Kerakli miqdorda suv ichilmasa siydik rangi to’qlashadi, odatda och sariq rangda bo’lishi kerak, ichayotgan suyuqligingizni buyraklaringiz uchun yetarli bo’layotganini aniqlashni eng soda usuli ham siydik rangini baholash orqalidir. Juda ham oqarib ketmasligiga ham e’tibor berish kerak bo’ladi.
🔹Sigaret
Qon tomirlar torayishi va qattiqlashishiga sabab bo’lib buyraklardagi qon aylanishini izdan chiqishiga sabab bo’ladi. Sigareta tutuni tarkimidagi minglab kanserogen moddalar qonga so’rilgach tozalanishi buyraklar va siydik orqali ro’y beradi, rak kasalligini kelib chiqishida ham asosiy omil hisoblanadi.
🔹Spirtli ichimliklar (pivo, vino, aroq…)
Spirtli ichimliklar qonda siydik kislotasini miqdorini haddan ziyod ko’paytirib yuboradi, siydik tosh kasalligiga sabab bo’lishi mumkin.
🔹Dorilar
Asossiz dori ichishlar, ayniqsa og’riq qoldiruvchi dorilar buyraklarga juda katta zarar beradi, uzoq vaqt ichishlik natijasida va yoshni o’tishi bilan qon bosimni nazorat qilish qobilyatini izdan chiqaradi. Bundan tashqari qandli diabet va qon bosimini davolovchi dorilar ham tog’ri tartibda olib borilmasa buyrak ish faoliyatini izdan chiqarib, buyrak yetishmovchiligigacha sabab bo’ladi.
🔹Vitamin
B6 yetishmasligi Maryland universitetida o’tqazilgan tekshiruvda vitamin B6 yetishmasligi buyraklarda tosh hosil bo’lish havfini yuzaga keltirar ekan. Bu vitaminni tabiiy ravishda pista (semichka), xandon pista, no’hat, baliq va sabzavotlardan qabul qilishimiz mumkin. Buyraklar zarar beradigan odatlarimiz aslida juda ham ko’p; kofe va choyni ko’p ichish, jismoniy zo’riqishlar, og’ir mehnat, yuqori darajada ishlashlik, kam uxlash, grip kabi virusli kasalliklarni mensimaslik va hakozolarga ham e’tibor berishligimiz kerak.
Комментарии