— Bir kunda bir necha marta qahva ichish ko‘z uchishining sababi bo‘lishi mumkin. Kofein ta’sirida mushaklar tortilib turadi. Bunday holatning oldini olish uchun qahva ichishni kamaytiring.
Qo'ltiq terlasa nima qilish lozim?
Sizda stress - tana stressni har xil usulda bildiradi, asabiy uchish bu usullarning biridir. Unda stressning sabablarini o‘rganib muammoni bartaraf qilish lozim bo‘ladi.
Sizda allergiya - agar sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa, ko‘zning uchishi ham shish yoki qichishish kabi paydo bo‘lishi mumkin. Shifokorlar ko‘zga vaqtincha antigistamin ko‘z tomchilari tomizishni tavsiya qilishadi.
Jinsiy salomatlik uchun anor sharbatini iching!
Uyquga to‘ymaysiz - qovoq mushaklari tanadagi eng sezuvchan va eng nozik a’zolardan biridir. Agar uyqu kam bo‘lsa, ko‘zlar charchaydi va ko‘z atrofidagi mushaklar pir-pir ucha boshlaydi. Bu muammoni bartaraf etishning yo‘li – uxlashga ertaroq yotish va sutkasiga 8 soatdan kam uxlamaslik.
P.s: Agar ko‘zlaringiz kitob o‘qish vaqtida uchsa, okulist huzuriga borish zarur bo'ladi.
Comments