Chayonlar haqida hayratlanarli faktlar!

Chayonlar haqida hayratlanarli faktlar! Chayonlarni ko'rganda qo'rqish hissini tuyush barchamizga tanish holatdir. Ularning o'ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning ba'zi turlari o'z nishoni tomoin sekundiga 130 santimetr tezlikda bora oladilar.

#1. Chayonlar ilk dinozavrlardan ancha avval mavjud bo'lganlar. 

chayonlar
A fossil of a Eurypterid, or sea scorpion, from the Silurian Period. Schafer & Hill / Getty Images

Chayonlar bugungi kunda yashayotgan eng qadimgi quruqlik hayvonlardan biri deb tahmin qilinmoqda. Qazilma qoldiqlari shuni ko'rsatadiki, qadimgi chayonlar quruqlikka chiqqan birinchi dengiz hayvonlari bo'lgan, bu taxminan 420 million yil oldin bo'lgan degan tahminlar bor. Taqqoslash uchun, eng qadimgi dinozavrlar taxminan 240 million yil oldin paydo bo'lgan. 

#2. Chayonlar hasharotlar turiga kirmaydi, ya'ni ular hasharot hisoblanmaydi.
Chayonlar taqa qisqichbaqalari va dengiz o'rgimchaklari kabi guruh tarkibiga kiradilar. Taxminan 450 million yil avval ba'zi dengiz chayonlarining uzunligi 1 metrdan oshiqroq bo'lgan bo'lishi mumkin. Bugungi kunda saqlanib qolgan chayonlarning eng katta turi ko'pincha Osiyoning 23 smgacha o'sadigan ulkan o'rmon chayonlari hisoblanadi. Ularning og‘irligi esa 56 grammgacha bo'ladi.

#3. Chayonlar juftlashishdan oldin raqsga tushishlari haqida bilarmidingiz?

chayonlar
Paul Starosta / Getty Images

Chayonlar raqsga o'xshash tanishuv marosimini o'tkazadilar, bu "raqs" yana promenade à deux (frantsuzcha "ikki kishilik yurish") deb nomlanadi. Bu harakatlar turlarga qarab farq qiladi, lekin agar urg'ochi erkakka qiziqish bildirsa, ular odatda yuzma-yuz va bir-birining "pedipalplarini" ushlab turishdan boshlanadi, so'ngra dumlari bilan birga orqaga va orqaga aylantiradilar. Ularning raqsi bir necha daqiqadan soatgacha davom etishi mumkin. Raqs oxirida erkak urg'ochi uchun spermaforini yerga qo'yadi, so'ngra ketadi.

#4. Chayonlar tirik chayon bolalarini dunyoga keltiradilar.

chayonlar
Oil and Milk / Getty Images

Chayonchalar turga qarab, juftlashishdan so'ng ikki oydan 18 oygacha tug'ilishi mumkin va bu chayonchalar katta chayonlarga o'xshab, yumshoq, oq tanaga ega bo'ladilar. Tug'ilishi bilan bu jajji chayonchalar onalarining ustiga chiqib oladilar. Onasi esa bolalarini turli xil xavflardan himoya qiladi. Yana shunday ma'lumotlar borki, chayonchalar onasining ustida qanchadir vaqt yashaydilar va onasini "yeb bitiradilar". Ba'zi chayonchalar onasining ustida 2 yilgacha yashab yuradilar. 

#5. Ba'zi Chayonlar ovqatsiz bir yilgacha yashay oladilar
Chayonlar, birinchi navbatda, hasharotlar va o'rgimchaklarni ovlaydi, lekin ba'zi chayonlarning katta turlari kichik kaltakesak yoki sichqonlarni ham ovlashlari mumkin. Chayonlar yirtqichlarni, ba'zilari oddiy o'ljani ov qiladilar, ba'zilari esa hatto tuzoqlar qo'yadilar. Ammo chayonlar o'ljalarini avval suyuq holga keltirib, keyin iste'mol qilishladi. Shuning uchun ular o'ljasini hazm qilish uchun fermentlardan foydalanib, uni kichik og'izlarida so'rib olishadi. Bu Alloh yaratgan jonzotlar har ikki haftada ovqatlanadilar, lekin ba'zi hollarda ular olti oydan 12 oygacha ham ovqatlanmasdan yashashlari mumkin. 

#6. Ularning zahri o'nlab turli toksinlarni o'z ichiga olishi mumkin

chayon
 India. ePhotocorp / Getty Images

Barcha chayonlarning zahri mavjud bo'lib, bu zaharlar ularning turiga qarab xilma - xil bo'ladi. Fanga ma'lum bo'lgan 1500 turdan faqat 25 tasi zahri bilan odamni o'ldirishga qodir deb hisoblanadi. Shunga qaramay, qolgan zahri kuchli bo'lmagan chayonlar tibbiy davolanishga sharoiti qiyin bo'lgan joylarda ham inson uchun xavf tug'diradi. Bir chayon o'nlab toksinlar (neyrotoksinlar, kardiotoksinlar, nefrotoksinlar va boshqa toksinlar) bilan zahar hosil qiladi. 

Lekin chayon zahrining xavf-xatarligiga qaramay, tadqiqotchilar unda ko'plab foydali birikmalar borligini ham aniqlashgan. Masalan "deathstalker" (o'lim izlovch) nomli chayon turining zahridan tibbiyotda saraton kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. 

 

Mazkur ma'lumotlar www.treehugger.com dan tarjima qilindi va tahrirlandi. 

Comments