1. Iste’mol qilingan shakarning organizmda ishlatilmagani yog‘ga aylanib, yig‘ilib boradi.
2. Shakar hujayra nafas tizimini ishdan chiqaradigan toksik modda hisoblanadi.
3. Tozalangan shakarda foydali tabiiy minerallar yetishmaydi, ortiqcha kaloriyadan boshqa narsa emas.
4. Ko‘p miqdorda shakar iste’moli organizm disbalansiga olib keladi.
5. Organizm qonni himoya qilish uchun suyaklar va tishlardan kalsiyni yuvib chiqadi.
6. Har kuni shakar iste’mol qilish jigar, buyrak, yurak atrofida yog‘ to‘planishiga olib keladi. Ortiqcha yog‘ qorin va sonda yig‘iladi.
7. Shakar iste’molidan 10 daqiqadan so‘ng immun tizimida pasayish kuzatiladi.
8. Organizmning infeksiyalar bilan kurashi pasayadi.
9. Shakar adrenalin gormonining oshishiga olib keladi. Shuning uchun shakar ko‘p iste’mol qiladigan bolalarda giperaktivlik kuzatiladi.
10. Tozalangan shakarni ko‘p iste’mol qilish oshqozon osti bezining zo‘riqishiga olib keladi. Qandli diabetga moyillikni oshiradi.
11. Shakar kandida mikroblarining o‘sishiga qulay sharoit yaratadi.
12. Surunkali charchash, bezovtalik va jahldorlik oshadi.
13. Yurak xastaliklariga moyillik ortadi.
14. Saraton hujayralari ham shakarni yaxshi ko‘radi.
15. Shakarxo‘rlarda kollagen tuzilishi o‘zgarishi sababli terining erta qarishi kuzatiladi.
Surat: myslide.ru
Manba: u24.uz/
Comments