Xitoy o'zining boy madaniyati va tez rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan mashhurdir. Ushbu yirik mamlakat juda xilma-xildir, shuning uchun siz Xitoy haqida juda ko'p noyob faktlarni topishingiz mumkin. Quyida ushbu mamlakat haqida ko'proq ma'lumot olishga yordam beradigan juda qiziqarli Xitoy faktlari bilan tanishib chiqing.
Turkmaniston haqida faktlar
Xitoyliklar birinchi bo'lib qog'oz puldan foydalanishgan
Xitoy 7-asrda qog'oz pullardan foydalangan birinchi davlatdir. Tarixiy voqea Tang sulolasi davrida sodir bo'lgan. Xitoyda qog'oz pullar paydo bo'lgunga qadar markazida teshigi bor tangalar asosiy pul birligi bo'lgan. Yuan sulolasi davrida Xitoyda ham yuqori inflyatsiya kuzatilgan. O‘sha davrda ortiqcha qog‘oz pullar bosilib, muomalaga chiqarilgan.

Futbol Xitoyda ixtiro qilinganligi haqida bilarmidingiz?
Bu Xitoy tarixidagi eng hayratlanarli faktlardan biridir, chunki Xitoy futbolchilari jahon futbol arenasida unchalik taniqli emasdirlar. Shunga qaramay, ma'lumotlarga ko'ra, futbol bu mamlakatda 2000 yildan ko'proq vaqt oldin paydo bo'lgan. Ushbu o'yinning eng qadimgi shakli harbiy mashqlar uchun ishlatilgan. O'yin asosan patlar bilan to'ldirilgan charm to'pni tepishdan iborat edi. Musobaqalar harbiy lagerlar va saroylarda o'yin-kulgi sifatida yuqori baholangan.
Nimaga havo isib bormoqda?

Ping Pong Xitoyda ixtiro qilinmagan
Garchi stol tennisi (yoki ping pong) Xitoyda ko'p odamlar o'ynaydigan asosiy sport turi bo'lsada, bu o'yinning asl vatani bu davlat emas. Mazkur o'yin aynan Britaniyada ixtiro qilingan. Ping pong Xitoyga 1901-yilda kirib kelgan. Ayni paytda mamlakat stol tennis chempionatlarida 1953 yildan beri egalik qilib keladi. Qizig'i shundaki, hatto ba'zi mamlakatlarning stol tennisi bo'yicha terma jamoalari ham xitoylik muhojirlardan iborat.

Toshkent tarixi haqida faktlar
Xitoyliklarning ovqat yeyish tayoqchalari aslida taom pishirish uchun ishlatilgan
Tayoqchalar Xitoy restoranlarida keng tarqalgan ovqatlanish anjomi hisoblanadi. Biroq, ular dastlab ovqatlanish uchun ishlatilmagan. Xitoyliklar asosan bu anjomdan turli xil taomlar tayyorlash uchun foydalanganlar.
Xitoy xattotlik san'ati o'ziga hosdir
Xitoy xattotlik san'ati haqida gap ketganda nafis va go'zal shakllarda chizilgan shakllar tasavvuringizga kelishi mumkin. Xitoy xattotligi muhr o‘ymakorligi, siyoh toshlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Albatta, bunday san'at asarini yaratish juda murakkab va o'zlashtirish uchun yillar kerak bo'lishi mumkin.

Xitoyda 56 ozchilik mavjud
Xitoyda hukumat tomonidan tan olingan 56 ozchilik mavjud. Xan etnik kelib chiqishi Xitoy aholisining asosiy qismini tashkil qiladi. Xitoyda aholining 92 foizi shu etnik millatga mansub. Har bir etnik ozchilikning o'ziga xos urf-odatlari borligini unutmasligimiz lozim. Ularning tili Xitoydagi boshqa guruhlardan farq qilishi mumkin. Ozchiliklarning ijtimoiy urf-odatlari va madaniyati ham sezilarli darajada farqlanadi.
Indoneziya haqida faktlar
Oila eng qadrlidir
Xitoy madaniyati haqidagi eng muhim faktlardan biri bu oila ahamiyatidir. Voyaga yetgan farzandlar ko'chib ketadigan G'arb madaniyatidan farqli o'laroq, Xitoy davlatida ota-onalar iloji bo'lsa, farzandlarini ularga yaqin bo'lishni afzal ko'rishadi. Insonning muvaffaqiyati ba'zan oilasini bir tom ostida birlashtirish qobiliyatiga bog'liq bo'lishi mumkin. Bu Xitoyda hech kim unutmagan qimmatbaho odatlardan biridir.
Xitoyliklar barcha narsani yeyishadi
Xitoyda oziq-ovqat haqida bahsli faktlardan biri ular yeydigan ovqatlardagi "g'alatiliklar"dir. Kalamushlar, ilonlar, itlar va boshqa ko'plab iste'mol qilinadigan hayvonlar xitoyliklar taomlarining bir qismini tashkil qiladi. Lekin bu degani Xitoyning barcha joylarida bunday "antiqa" ovqatlanish mavjud degani emas. Katta geografik hududga ega bu davlatda boshqa millatlar ham yashashi va ularning ovqatlanish madaniyati tamoman xitoyliklarnikidan farq qilishi haqida unutmasligimiz kerak. Guruch xitoyliklar o'rtasida eng ko'p tanovul qilinadigan mahsulotlardan biridir.

Xitoyliklar 4 raqamidan irim qilib cho'chishadi
Xitoyliklar o'z diniy va boshqa sabablarga ko'ra ko'plab irimlarga ishonishadi. Ular ishonadigan asosiy narsalardan biri shundaki, 4 raqami omadsizlik olib kelishidir. Shuning uchun ko'pchilik bu raqamdan cho'chishadi. Odatda, bu raqam xitoy tilidagi "o'lim" so'zi bilan bog'liq. Shuning uchun odamlar to'rtta narsani sotib olmaydilar. Shuningdek, ular bu irim tufayli binoning to'rtinchi qavatidan yashamasliklari ham mumkin.
Gigant panda shu Mamlakatda topilgan
Gigant panda Xitoy bilan o'xshashdir. Ko'pchilik bu jonzotni yoqimli deb bilishadi balki bu ularning begunoh ko'rinishga ega ekanligidandir. Xitoydagi pandalarning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, bu mamlakatda pandalarning faqat ikkita turi mavjud emas. Bu degani pandalarning deyarli barcha turlarini bu mamlakatning tabiatida uchratib, ularni tomosha qilib bahramand bo'lishingiz mumkin.
Nyu-York haqida qisqa faktlar
Varraklarni ilk bor xitoyliklar o'ylab topgan
Ajablanarli tomoni shundaki, varraklar Xitoyda 1000 yillar oldin o'ylab topilgan. Varraklar jang paytida dushmanlarini qo'rqitish uchun harbiylar tomonidan ishlatilgan. Bundan tashqari, varraklar bilan bog'liq irimlar ham xitoyliklarga tegishli. Varrakni havoga qo'yib yuborilsa omad kelishiga ishonilgan.

Buyuk Xitoy devori inson tomonidan yaratilgan eng katta inshootdir
Buyuk devor Xitoyning eng diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lib, odamlar bu mamlakatga sayohat qilganlarida devorni bir ko'rib ketmasdan ketishmaydi. Mashhur devorning qiziq tomoni shundaki, u butunlay inson tomonidan yaratilgan. Devorning o'lkan va uzun ko'rinishi ko'pchilikni hayron qoldirmay iloji yo'q.

Choy sizning ijtimoiy holatingizni ko'rsatishi mumkin
Bu mamlakatning milliy ichimligi choy hisoblanadi, sababi uning sog'liq uchun foydalari, tinchlantiruvchi xususiyatlari va xushbo'yligidir. Xitoyliklar choydan insonning ijtimoiy mavqeini tushunish uchun ham foydalanadilar. Ushbu ichimlikni qanday ichishingiz sizning ijtimoiy mavqeingizni ko'rsatish usullaridan biridir. Xitoyda mehmonlarga choy taklif qilish odatiy madaniyatdir.

Argentina haqida qiziqarli ma'lumotlar
Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi.
Foto manba
Comments